O‘zbekiston va Rossiya tinch atom sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirmoqchi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal zamestitelya Predsedatelya Pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Aleksandra Novaka
Shavkat Mirziyoyev prinyal zamestitelya Predsedatelya Pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Aleksandra Novaka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2025
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda energetika sohasidagi sheriklikni kengaytirish, neft-gaz tarmog‘ida loyihalarni jadallashtirish, tinch atom sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalasi ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining o‘rinbosari Aleksandr Novakni qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Aleksandr Novak to‘rtinchi Toshkent investitsiya forumida ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida Aleksandr Novak davlat rahbariga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi hamda forum muvaffaqiyatli o‘tayotgani bilan tabrikladi.
"O‘tgan yil may oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi va oliy darajadagi boshqa muloqotlar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Energetika sohasidagi o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirish, neft-gaz tarmog‘idagi qo‘shma loyihalarni jadallashtirish, tinch atom sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi", — deyilgan matbuot xizmati xabarida.
Aleksandr Novak to‘rtinchi Toshkent investitsiya forumida Rossiya Toshkent forumning faol ishtirokchilaridan biri hisoblanishini qayd etdi.
“Oxirgi 3-yil mobaynida Rossiya kompaniyalari tomonidan 5 mlrd dollardan ortiq kelishuvlarga qo‘l qo‘yilgan edi. Ishonchimiz komilki, bu yil ham shunday ajoyib natijalar bo‘ladi”, — deya qayd etdi Novak forumda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, globalizatsiya ko‘plab iqtisodiyotlarga rivojlanish imkoniyatini yaratib berdi. Bunday imkoniyatlar hamma davlatlarda ham mavjud emas.

“Hozir global tarzda barqarorlik uchun va muvozanatli bo‘lgan xalqaro iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun yangi imkoniyatlar qidirilmoqda. Rossiya, Belarus, Yevroosiyo birlashmasining hamkorligi va MDH davlatlarining aloqalari integratsiya jarayonlarini, Katta Yevroosiyoda yanada shiddatli bo‘lishiga olib kelmoqda. Va biz intergatsiyalashgan yechimlarni ko‘rmoqdamiz, ular o‘z navbatida Katta Yevroosiyo muhitida tadbiq qilinishi mumkin”, — deya aniqlik kiritdi u.

Uning aytishicha, ularining ichiga birinchi navbatda, xalqaro savdo investitsion kelishuvlar tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish kiradi.
ikkinchisi - transport infratuzilmasi rivojlanishi;
uchinchisi - iqtisodiy koridorlar, xususan maxsus iqtisodiy zonalarni ochish imkoniyatlari;
to‘rtinchisi - raqamli muhitni kengaytirish;
beshinchisi - eneretik xavfsizlikni ta’minlab berish sohasidagi hamkorlik;
oltinchisi - xavfsiz va mustaqil bo‘lgan to‘lov infratuzilmasini amalga oshirish;
yettinchisi - ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish.

“Biz boshqa mamlakatlarga to‘laqonli texnologik va sanoat kooperatsiyasini, shu jumladan milliy kadrlar tayyorlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, muhandislik ta’minoti bilan tovarlar va xizmatlarning to‘liq hayotiy siklini ta’minlashni taklif etishga tayyormiz. Hamkorlikka bunday yondashuv davlatlar o‘rtasida mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘yish, kompaniyalarimizning global bozordagi barqarorligini oshirish, hamkorlar bilan uzoq muddat, katta istiqbol bilan ishlash imkonini beradi”, — dedi Novak.

Rosatom nachal izgotovlenie reaktornogo oborudovaniya dlya pervogo bloka atomnoy stansii maloy moshnosti v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2025
O‘zbekistondagi kichik quvvatli AES uchun reaktor uskunalari ishlab chiqarish boshlandi — Rosatom
Yangiliklar lentasi
0