Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII juda ko‘plab investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkonini beradi — Belarus TIV

© Sputnik / Asatur Yesayans / Mediabankka o‘tishZasedanie Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta v Saxkadzore
Zasedanie Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta v Saxkadzore - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2025
Obuna bo‘lish
Belarus TIV: Minsk YeOIIdagi hamkorlik darajasini yuqori baholaydi.
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Minsk Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi (YeOII) hamkorlik darajasini yuqori baholaydi, bu juda ko‘plab loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi, dedi Belarus tashqi ishlar vaziri Maksim Rijenkov "Rossiya 24" telekanali efirida.

"Umuman olganda, biz ushbu ittifoqdagi kooperatsiya darajasini juda yuqori baholaymiz. U bizga juda ko‘plab investitsiya loyihalarini amalga oshirish, qo‘shimcha muammolarsiz va qandaydir to‘siqlarsiz barcha beshtalikda (ishtirokchi mamlakatlar - tahr.) ham eksport, ham import, ham xo‘jalik yurituvchi subyektlarimiz faoliyati uchun yagona shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha o‘z munosabatlarimizni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi”, — dedi Belarus TIV rahbari.

Rijenkovning so‘zlariga ko‘ra, YeOII ishtirokchilari yuzaga kelayotgan masalalarni tomonlarning manfaatlarini hisobga olgan holda hal qilishga harakat qilmoqda, Minsk esa birlashma doirasidagi integratsiya jarayonlari darajasidan mamnun.
Avvalroq Rossiya hukumati rahbari Mixail Mishustin MDH va YeOII o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, normativ-huquqiy tartibga solishni yaqinlashtirish ustida ishlashga chaqirgan edi.
YeAES-2023. Rabota foruma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2025
O‘zbekiston va YeOII
Minskda YeOIIda bojxona hamkorligining muhim jihatlari muhokama qilinadi
Yangiliklar lentasi
0