Toshkentning ayrim ko‘chalarida harakat cheklanadi
© SS0 / Unsplash / Will PoradaZnak stop, illyustrativnoe foto

Obuna bo‘lish
Futbol o‘yini sabab "Bunyodkor" stadioni atrofidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi.
TOShKENT, 9-iyun - Sputnik. O‘zbekiston va Qatar o‘yini sabab Toshkentning ayrim ko‘chalarida harakat cheklanadi.
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, 10-iyun kuni Chilonzor tumanining qator ko‘chalarida soat 16:00 dan tadbir to‘liq tugagunga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati to‘liq cheklanadi.
Vaqtinchalik yopiladigan ko‘chalar:
Chilonzor va Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Cho‘ponota ko‘chasi bo‘ylab, Cho‘ponota—Qatortol ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
Chilonzor va KXAY ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab, Chilonzor—Muqimiy ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasi — KXAYdan—Muqimiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Shuningdek, tadbir davrida quyida keltirilgan ko‘chalarda harakat vaqti-vaqti bilan qisman cheklanadi:
Alisher Navoiy—Furqat ko‘chalari chorrahasidan;
Sebzor—Ganga ko‘prigidan Furqat ko‘chasi tunnelga tushishdan;
Zarqaynar ko‘chasi tunnelga tushish;
Bunyodkor ko‘chasi Kamolon ko‘prik ostidan;
Bunyodkor ko‘chasi 2-darajali asosiy yo‘lga chiqish Ozarboyjon elchixonasi asosiy yo‘lga chiqishdan;
Qatortol—Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan;
Chilonzor—Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan;
Bunyodkor—KHAY ko‘chalari chorrahasidan;
Bunyodkor 2-darajali yo‘li—Qatortol ko‘chalari chorrahasidan;
Bunyodkor—Gavhar ko‘chalari chorrahasidan;
KXAY—Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan;
“Erkin” YPX maskanidan og‘ir yuk mashinalari va Cho‘ponota—Shota Rustavelli ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi.
© IIBB YHXB axborot xizmatiYo‘l yopilishi

Yo‘l yopilishi
© IIBB YHXB axborot xizmati
Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etiladi.