https://oz.sputniknews.uz/20250609/kern-saqlash-ombori-49801146.html
O‘zbekistonda zamonaviy kern saqlash ombori qurildi
O‘zbekistonda zamonaviy kern saqlash ombori qurildi
Sputnik O‘zbekiston
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib zamonaviy 50x25 o‘lchamdagi 2 ta kern saqlash omborini foydalanishga topshirdi. Ombor jami 60 ming kern yashiklarini saqlash uchun mo‘ljallangan. Kern saqlash omborining afzalligi va zarurligi shundan iboratki, har bir konni geologik o‘rganish maqsadida olingan kern namunalari bu kon o‘rganilib, qazish ishlari tugagunga qadar sifatli saqlanishi talab etiladi.
2025-06-09T16:17+0500
2025-06-09T16:17+0500
2025-06-09T16:17+0500
jamiyat
olmaliq kmk
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/09/49792008_0:37:1196:710_1920x0_80_0_0_10a9aaa91795e2c15c841566e5d781d2.jpg
TOShKENT, 9-iyun – Sputnik. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib zamonaviy 50x25 o‘lchamdagi 2 ta kern saqlash omborini foydalanishga topshirdi. Bu haqda kombinat matbuot xizmati xabar qildi.Ombor jami 60 ming kern yashiklarini saqlash uchun mo‘ljallangan. Kern saqlash omborining afzalligi va zarurligi shundan iboratki, har bir konni geologik o‘rganish maqsadida olingan kern namunalari bu kon o‘rganilib, qazish ishlari tugagunga qadar sifatli saqlanishi talab etiladi.Namunalarni saqlash muddati 100-yilgacha davom etishi mumkin. Sababi olingan kern namunalarida bir necha bosqichda geologik (minerologiya, petrografiya, gidrogeologiya), texnologik o‘rganish ishlari takror olib borilishi mumkin.Buning uchun esa kern yashiklarini sifatli saqlash, quduq nomlarini o‘chib ketishini oldini olish, kern yashiklarini tartib bilan joylashtirish zarur.Ta’kidlanishicha, kombinat geologlari tomonidan hozirgi vaqtda mamlakatning 5 ta viloyatlarida joylashgan 20 taga yaqin mis, oltin, kumush, rux, qo‘rg‘oshin, volfram, nodir metallar hamda noruda konlaridan qazib olish va geologik o‘rganish ishlarini olib borishmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/09/49792008_100:0:1096:747_1920x0_80_0_0_d83a39b6c7b9f0e0a3796c43d209f9e0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
okmk zamonaviy kern saqlash ombori
okmk zamonaviy kern saqlash ombori
O‘zbekistonda zamonaviy kern saqlash ombori qurildi
Ombor jami 60 ming kern yashiklarini saqlash uchun mo‘ljallangan.
TOShKENT, 9-iyun – Sputnik. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib zamonaviy 50x25 o‘lchamdagi 2 ta kern saqlash omborini foydalanishga topshirdi. Bu haqda kombinat matbuot xizmati
xabar qildi. Ombor jami 60 ming kern yashiklarini saqlash uchun mo‘ljallangan. Kern saqlash omborining afzalligi va zarurligi shundan iboratki, har bir konni geologik o‘rganish maqsadida olingan kern namunalari bu kon o‘rganilib, qazish ishlari tugagunga qadar sifatli saqlanishi talab etiladi.
Namunalarni saqlash muddati 100-yilgacha davom etishi mumkin. Sababi olingan kern namunalarida bir necha bosqichda geologik (minerologiya, petrografiya, gidrogeologiya), texnologik o‘rganish ishlari takror olib borilishi mumkin.
Buning uchun esa kern yashiklarini sifatli saqlash, quduq nomlarini o‘chib ketishini oldini olish, kern yashiklarini tartib bilan joylashtirish zarur.
Ta’kidlanishicha, kombinat geologlari tomonidan hozirgi vaqtda mamlakatning 5 ta viloyatlarida joylashgan 20 taga yaqin mis, oltin, kumush, rux, qo‘rg‘oshin, volfram, nodir metallar hamda noruda konlaridan qazib olish va geologik o‘rganish ishlarini olib borishmoqda.