Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya armiyasi AQSh Ukrainaga yetkazib bergan deyarli barcha “Abrams” tanklarini yo‘q qildi

© Sputnik / Stanislav Krasilnikov / Mediabankka o‘tishPodbitiy tank "Abrams" VSU, evakuirovanniy iz-pod Sudji
Podbitiy tank Abrams VSU, evakuirovanniy iz-pod Sudji - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2025
Obuna bo‘lish
Ukraina armiyasida 31 ta Amerika tankining atigi 5 tasi qolgan.
TOShKENT, 9-iyun – Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainaga yetkazib berilgan Amerikaning “Abrams” tanklarining aksariyatini yo‘q qildi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
2023 yil yanvarida AQShning o‘sha paytdagi prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 31 ta “M1 Abrams” tanki yetkazib berilganini e’lon qilgandi.
RIA Novosti hisob-kitoblariga ko‘ra, 2024-yil fevralidan buyon Rossiya qo‘shinlari 26 ta “Abrams” tankini yakson qilgan. Birinchi bunday tankni “Markaz” guruhi jangchilari 2024-yil 26-fevral kuni Avdeyevka yo‘nalishida yo‘q qilgandi.
Shu tariqa, Ukraina armiyasida 31 ta Amerika tankining atigi 5 tasi qolgan.
Moskva G‘arb mamlakatlarini Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish hech narsani o‘zgartirmasligi va faqat mojaroni cho‘zishidan bir necha marta ogohlantirgan. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov NATO bu ziddiyatda nafaqat harbiy texnika jo‘natish va ta’minlash, balki kadrlar tayyorlash bilan ham bevosita ishtirok etayotganini ta’kidlagan.
Tank M1 Abrams na poligone v Fort-Irvine, Kaliforniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2024
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya artilleriyachilari yana bir "Abrams" tankini yo‘q qildi
Yangiliklar lentasi
0