Slovakiya bosh vaziri O‘zbekistonga keladi — tashrif maqsadi

© Sputnik / Aleksey VitviskiyRobert Fitso. Arxivnoe foto
Robert Fitso. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Slovakiya hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar imzolaydi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Slovakiya Respublikasi bosh vaziri Robert Fitso 8-10 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatda bo‘ladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkentda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, O‘zbekiston-Slovakiya ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Ustuvor yo‘nalishlar - savdo, investitsiya va innovatsiyalar, qishloq xo‘jaligi, sanoat, energetika, turizm sohalarida sheriklikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalaridagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqiladi.
Xalqaro ahamiyatga molik masalalar, jumladan, ko‘p tomonlama maydonlarda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashiladi.
Yetakchilarning uchrashuvi yakunida O‘zbekiston bilan Slovakiya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Tashrif doirasida Robert Fitso IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0