"Shahar bizni yaxshi ko‘radi" — Mixail Tureskiy Samarqanddagi konsert haqida
15:19 08.06.2025 (yangilandi: 16:40 08.06.2025)
© SputnikV Samarkande s anshlagom proshel konsert xora Tureskogo i art-gruppi "Soprano".

© Sputnik
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Mixail Tureskiy Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan o‘z taassurotlarini o‘rtoqlashdi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Samarqandda “Xor Tureskogo” va “Soprano” guruhlari ijrosida G‘alaba qo‘shiqlari yangradi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Konsert "Boqiy shahar" tarixiy-etnografik bog‘ining amfiteatrida bo‘lib o‘tdi. Tomoshabinlar san’atkorlar bilan birga qo‘shiq kuylashdi, raqsga tushishdi va ularni olqishlashdi.
© SputnikV Samarkande s anshlagom proshel konsert xora Tureskogo i art-gruppi "Soprano".

V Samarkande s anshlagom proshel konsert xora Tureskogo i art-gruppi "Soprano".
© Sputnik
Konsert yakunida jamoalar badiiy rahbari Mixail Tureskiy Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan o‘z taassurotlarini o‘rtoqlashib, xor butun dunyo bo‘ylab chiqish qilayotganini, ammo Samarqand tomoshabinlarining mehri o‘zgacha ekanligini ta’kidladi.
© SputnikV Samarkande s anshlagom proshel konsert xora Tureskogo i art-gruppi "Soprano".

V Samarkande s anshlagom proshel konsert xora Tureskogo i art-gruppi "Soprano".
© Sputnik
"Samarqandliklar - baxtli, quyoshli, ertangi kunga ishongan xalq. Chunki shahar rivojlanmoqda. Yildan-yilga butun O‘zbekiston gullab-yashnamoqda va Samarqand uning ajralmas qismidir", — dedi Rossiya xalq artisti.
O‘tgan yili tomoshabinlar baynalmilal musiqa repertuaridan bahramand bo‘lgan bo‘lsa, bu yil dastur G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlandi. Mixail Tureskiy bu sobiq Sovet Ittifoqidagi barcha xalqlarning umumiy g‘alabasi ekanini ta’kidladi.
© SputnikV Samarkande s anshlagom proshel konsert xora Tureskogo i art-gruppi "Soprano".

V Samarkande s anshlagom proshel konsert xora Tureskogo i art-gruppi "Soprano".
© Sputnik
"Bu ruslar, armanlar, o‘zbeklar, ukrainlar, beloruslar - butun sovet xalqining g‘alabasi. Bu dastur bilan biz Vena, Budapesht, Rim, Parij, Berlinda chiqish qildik. 5-may kuni esa - BMT Bosh assambleyasi binosida",— dedi u.
© SputnikV Samarkande s anshlagom proshel konsert xora Tureskogo i art-gruppi "Soprano".

V Samarkande s anshlagom proshel konsert xora Tureskogo i art-gruppi "Soprano".
© Sputnik
Samarqanddan so‘ng rossiyalik san’atkorlar Dushanbe, Belarus, Lotin Amerikasida konsert beradi. Konsertlar bepul o‘tkaziladi - Moskva hukumatining qo‘llab-quvvatlashi tufayli, barcha kompozitsiyalar esa tig‘iz gastrol jadvaliga qaramay, faqat jonli ijro etiladi.
"Ko‘pincha biz "kemadan balga" - samolyotdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sahnaga chiqamiz. Ba’zida ovoz pand berishi mumkin, ammo tomoshabinga biz har doim jonli ovoz va samimiylikni kafolatlaymiz", — deya qo‘shimcha qildi Tureskiy.
© SputnikV Samarkande s anshlagom proshel konsert xora Tureskogo i art-gruppi "Soprano".

V Samarkande s anshlagom proshel konsert xora Tureskogo i art-gruppi "Soprano".
© Sputnik
Tureskiy xori va "Soprano" art-guruhi jamoasi postsovet hududining turli mamlakatlaridan kelgan, qat’iy tanlovdan o‘tgan san’atkorlardir.
"Bizga kelish oson emas. Bu katta mas’uliyat, murakkab repertuar. O‘ziga xos ovoz va jiddiy ma’lumotga ega bo‘lish kerak. O‘zbekistondan hozircha hech kim yo‘q, lekin bir kun kelib paydo bo‘lishini his qilyapman", — dedi Mixail Borisovich.
Samarqandga qaytish haqidagi savolga san’atkor ikkilanmay “Albatta, kelamiz! Shahar bizni yaxshi ko‘radi. Buni ko‘rib turibmiz. Qarang, qanday shov-shuv ko‘tardik”, deya javob berdi.