Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya qo‘shinlari Dnepropetrovsk viloyati hududida hujum boshladi

© Sputnik / Sergey Bobilev / Mediabankka o‘tishShturmoviki 155-y brigadi morskoy pexoti Tixookeanskogo flota RF
Shturmoviki 155-y brigadi morskoy pexoti Tixookeanskogo flota RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2025
Obuna bo‘lish
Mudofaa vazirligi: "Markaz" guruhi Dnepropetrovsk viloyati hududida hujum boshladi
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. "Markaz" guruhi DXRning g‘arbiy chegarasiga chiqdi va Dnepropetrovsk viloyati hududida hujumni davom ettirmoqda, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Qayd etilishicha, "Markaz" qo‘shinlari guruhining 90-tank diviziyasi bo‘linmalari Donesk Xalq Respublikasining g‘arbiy chegarasiga chiqdi va Dnepropetrovsk viloyati hududida hujumni rivojlantirishda davom etmoqda.
“Jangchilar DXRning Dimitrov, Krasnoarmeysk, Petrovskiy, Novotoreskiy, Novopavlovka, Novonikolayevka, Alekseyevka, Novoukrainka va Novosergeyevka hududlarida 13 ta Ukraina brigadasi tuzilmalariga zarba berishdi”, — deyiladi xabarda.
Dushmanning yo‘qotishlari:
530 nafargacha harbiy xizmatchi;
piyoda askarlarning jangovar mashinasi;
AQShda ishlab chiqarilgan M113 zirhli transport;
yettita zirhli jangovar mashina;
to‘rtta avtomobil;
o‘nta artilleriya qurollari, jumladan, Amerikada ishlab chiqarilgan 155 mm Paladin va Fransiyada ishlab chiqarilgan 155 mm Caesar artilleriya qurollari.
Shuningdek, "Markaz" jangchilari Ukraina Qurolli kuchlarining o‘q-dorilar omborini yo‘q qildi.
Yangiliklar lentasi
0