https://oz.sputniknews.uz/20250608/ozbekiston-fan-yangi-osimlik-tur-kashf-49784354.html
O‘zbekistonda fan uchun yangi o‘simlik turi kashf etildi
O‘zbekistonda fan uchun yangi o‘simlik turi kashf etildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va xitoylik olimlar fan uchun yangi o‘simlik turini kashf etishdi. 08.06.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-06-08T17:02+0500
2025-06-08T17:02+0500
2025-06-08T17:02+0500
jamiyat
o‘zbekiston
xitoy
qirg‘iziston
o‘zbekiston fanlar akademiyasi
noyob o‘simlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/04/39601804_0:99:3067:1824_1920x0_80_0_0_770f76e5546cdc12d04ef44d91eefc43.jpg
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda fan uchun yangi o‘simlik turi “Elymus uzbekistanicus” kashf etildi, deya xabar berdi Fanlar akademiyasi matbuot xizmati.O‘zbekiston, Qirg‘iziston va xitoylik botanik olimlar hamkorligidagi izlanishlar natijasida, boshoqdoshlar (Poaceae) oilasiga mansub sulibosh (Elymus) turkumidan fan uchun mutlaqo yangi bo‘lgan o‘simlik turi kashf etildi.Aytilishicha, yangi tur O‘zbekiston sharafiga nomlangan. U nafaqat respublika florasiga, balki butun Markaziy Osiyo botanika faniga katta hissa qo‘shadi.“Bu so‘nggi 57-yil ichida Poaceae oilasidan O‘zbekistonda aniqlangan ilk yangi tur bo‘lib, yurtimizdagi biologik xilma-xillikning hali to‘liq o‘rganilmagan boyligini yana bir bor tasdiqlaydi”, deya aniqlik kiritilgan xabarda.
o‘zbekiston
xitoy
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/04/39601804_338:0:3067:2047_1920x0_80_0_0_dcbefa81e3ef50dab27f4516e6f14124.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, xitoy, qirg‘iziston, o‘zbekiston fanlar akademiyasi , noyob o‘simlik
jamiyat, o‘zbekiston, xitoy, qirg‘iziston, o‘zbekiston fanlar akademiyasi , noyob o‘simlik
O‘zbekistonda fan uchun yangi o‘simlik turi kashf etildi
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va xitoylik olimlar fan uchun yangi o‘simlik turini kashf etishdi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda fan uchun yangi o‘simlik turi “Elymus uzbekistanicus” kashf etildi, deya xabar berdi Fanlar akademiyasi
matbuot xizmati. O‘zbekiston, Qirg‘iziston va xitoylik botanik olimlar hamkorligidagi izlanishlar natijasida, boshoqdoshlar (Poaceae) oilasiga mansub sulibosh (Elymus) turkumidan fan uchun mutlaqo yangi bo‘lgan o‘simlik turi kashf etildi.
“Mazkur kashfiyot zamonaviy ilm-fan yutuqlari, ya’ni xloroplast va yadroviy DNK ketma-ketligi tahlillari hamda an’anaviy morfologik tadqiqot metodlari asosida amalga oshirildi. Elymus turkumining tavsifi, identifikatsiya kaliti (dixotomik aniqlagich), yuqori sifatli tasvirlari, geografik tarqalishi va ekologik xususiyatlari keng yoritilgan holda xalqaro ilmiy hamjamiyat e’tiboriga taqdim etildi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, yangi tur O‘zbekiston sharafiga nomlangan. U nafaqat respublika florasiga, balki butun Markaziy Osiyo botanika faniga katta hissa qo‘shadi.
“Bu so‘nggi 57-yil ichida Poaceae oilasidan O‘zbekistonda aniqlangan ilk yangi tur bo‘lib, yurtimizdagi biologik xilma-xillikning hali to‘liq o‘rganilmagan boyligini yana bir bor tasdiqlaydi”, deya aniqlik kiritilgan xabarda.