Qurbon hayiti: Mirziyoyevga kimlar tabrik maktublari yubordi?
10:10 07.06.2025 (yangilandi: 10:15 07.06.2025)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev proveli neformalnuyu vstrechu v gorode Almati

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Xorijiy hamkorlar o‘z qutlovlarida O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga chuqur hurmat bildirmoqda.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Qurbon hayiti – Iyd al-Adho munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy tuzilmalar rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Xorijiy hamkorlar o‘z qutlovlarida O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga chuqur hurmat bildirib, yurtga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilab, do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga qat’iy intilishlarini ta’kidlamoqda.
Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
Qirg‘iz respublikasi prezidenti Sadir Japarov;
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon;
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev;
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev;
Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an;
Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon;
Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, bosh vaziri o‘rinbosari, prezident ishlari bo‘yicha vaziri Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon;
Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon;
Kuvayt amiri Shayx Mish’al al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy;
Qatar amiri o‘rinbosari Shayx Abdulloh bin Hamad bin Halif Ol Soniy;
O‘mon sultoni Haysam bin Toriq;
Iordaniya podshohi Abdulla II;
Jazoir prezidenti Abdulmajid Tebbun;
Falastin prezidenti Mahmud Abbos;
Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;
Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;
Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim;
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Asad Majid Xon;
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.
Qutlovlar kelishda davom etmoqda.