FIFA rahbari Mirziyoyevni tabrikladi
11:25 07.06.2025 (yangilandi: 11:35 07.06.2025)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha Shavkata Mirziyoyeva s glavoy FIFA Djanni Infantino

Obuna bo‘lish
Janni Infantino Mirziyoyev bilan yana bir bor uchrashish imkoniyatini intiqlik bilan kutishini ta’kidlagan.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
“Hurmatli Prezident! Kecha O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatiga chiqib, Osiyoda birinchi bo‘lib JCh-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan terma jamoalardan biriga aylandi. Butun futbol jamoatchiligi nomidan sizni va butun O‘zbekiston xalqini ushbu munosib va tarixiy natija bilan tabriklashga ijozat bergaysiz. Bunday ajoyib yutuq ushbu muvaffaqiyatga aloqador bo‘lgan barchaning birgalikdagi sa’y-harakatlari va qat’iy irodasi tufayli amalga oshdi. Sizga, hukumatingizga, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga, futbolchilarga, murabbiyga, barcha xodim va rahbarlarga, shuningdek, albatta, qalbi qaynoq muxlislarga samimiy tabriklarimni yo‘llayman”, - deyilgan maktubda.
Janni Infantino 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatida muvaffaqiyat tilagan. Shuningdek, Mirziyoyev bilan yana bir bor uchrashish imkoniyatini intiqlik bilan kutishini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAAga qarshi o‘yinda 0:0 natija qayd etdi va uzoq kutilgan jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.