Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda metallurgiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish muhokama qilindi

© RIA Novosti / Pavel LisisinProizvodstvo stalnix konstruksiy na zavode
Proizvodstvo stalnix konstruksiy na zavode - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2025
Obuna bo‘lish
YeIKning sanoat siyosati departamenti direktori Nikolay Kushnarev I.P. Bardin nomidagi Qora metallurgiya markaziy ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati bilan uchrashdi.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Yevroosiyo metallurgiya vakolatlari markazini yaratishda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish istiqbollarini ko‘rmoqda. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
YeIKning sanoat siyosati departamenti direktori Nikolay Kushnarev I.P. Bardin nomidagi Qora metallurgiya markaziy ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati bilan YeOIIda metallurgiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildi.
Suhbatdoshlar qora metallurgiyani texnologik rivojlantirish sohasida sanoat hamkorligining istiqbolli yo‘nalishlarini, turli sanoat tarmoqlari uchun yangi turdagi eskirishga chidamli po‘latni ishlab chiqarish va qo‘llashni rivojlantirish hamda YeOIIda kuzatuvchi davlatlar bilan sanoat hamkorligini kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdilar.
“YeOII sanoatida hamkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha YeIKning yangi mexanizmidan Ittifoq mamlakatlarida yangi metallurgiya ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilishda samarali foydalanish mumkin”, — dedi Nikolay Kushnarev.
Irkutskiy alyuminiyeviy zavod - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeOII: rangli metallurgiya sohasida hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi
Yangiliklar lentasi
0