O‘zbekiston MDH mamlakatlarini temir yo‘l qurilishida ishtirok etishga taklif qildi

© Sputnik/Zafar XalilovFlagi stran uchastnikov zasedanie ministrov inostrannix del sodrujestva nezavisimix gosudarstv v Samarkande 14-aprelya 2023goda
Flagi stran uchastnikov zasedanie ministrov inostrannix del sodrujestva nezavisimix gosudarstv v Samarkande 14-aprelya 2023goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2025
Obuna bo‘lish
Laziz Qudratov: MDH mamlakatlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 3 foizga oshdi.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ni Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘li qurilishida ishtirok etishga taklif qildi, deya xabar berdi Sputnik Tojikiston.
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Dushanbeda bo‘lib o‘tayotgan MDHga a’zo davlatlar sanoat siyosati bo‘yicha kengashining XI yig‘ilishida ishtirok etmoqda.
"O‘tgan yili biz mintaqadagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan birini amalga oshirishni boshladik. Bu - Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharq bozorlarini hamda butun MDH makonini bog‘laydigan eng qisqa yo‘l bo‘ladigan Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘l magistrali qurilishidir. Barcha hamkorlarni yangi, yanada barqaror transport arxitekturasining strategik muhim elementi sifatida ushbu yo‘lakni rivojlantirishda faol ishtirok etishga taklif qilamiz", — dedi Qudratov.
O‘zbekiston o‘zaro investitsiyalarni rag‘batlantirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etgan holda qo‘shma infratuzilma, yuqori texnologik va sanoat loyihalarini amalga oshirish tarafdori ekanini ta’kidladi.

"Davlatlarimiz o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirishning muhim vositalaridan biri sifatida qo‘shma investitsiya fondlarimiz faoliyatini faollashtirish zarur, deb hisoblaymiz. Bu jarayonda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ishlab chiqilgan MDH doirasida 2030-yilgacha investitsiyalarni jalb qilish va rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi alohida ahamiyat kasb etishi mumkin", — deya ta’kidladi vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2025-yil boshidan buyon O‘zbekistonda MDH mamlakatlari kapitali ishtirokida 400 dan ortiq korxona tashkil etildi. Vazir, shuningdek, shu yilning yanvar-aprel oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va MDH mamlakatlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 3 foizga oshganini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0