https://oz.sputniknews.uz/20250604/ozbekiston-chol-hudud-bugdoy-hosil-49704722.html
O‘zbekistonning cho‘l hududidagi bug‘doy maydonidan yuqori hosil kutilmoqda
O‘zbekistonning cho‘l hududidagi bug‘doy maydonidan yuqori hosil kutilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qashqadaryo viloyati Muborak tumanining cho‘l hududida joylashgan “Zafarbek Quziyev” fermer xo‘jaligiga qarashli 14 gektarlik bug‘doy maydonini ko‘zdan kechirdi.
2025-06-04T17:57+0500
2025-06-04T17:57+0500
2025-06-04T17:57+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qashqadaryo
bug‘doy
fermerlar
qishloq xo‘jaligi vazirligi
qishloq xo‘jaligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/04/49706279_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_c2a1398d32f7871252284c8af2b47849.jpg
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning cho‘l hududidagi bug‘doy maydonidan yuqori hosil kutilmoqda, deya xabar berdi Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati. Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qashqadaryo viloyati Muborak tumanining cho‘l hududida joylashgan “Zafarbek Quziyev” fermer xo‘jaligiga qarashli 14 gektarlik bug‘doy maydonini ko‘zdan kechirdi. Mazkur maydonda “Turkiston” bug‘doy navi ekilgan va hozir o‘rim-terim ishlari davom etmoqda. Endilikda o‘rim-terim ishlari ilgari ijaraga olingan texnikalar emas, balki xo‘jalikning o‘ziga tegishli kombaynlar orqali amalga oshirilmoqda. Fermer xo‘jaligi qo‘shni xo‘jaliklarga ham shartnoma asosida xizmat ko‘rsatmoqda. Aytilishicha, bu butun qishloq xo‘jaligi tizimi uchun muhim tajriba maktabi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/04/49706279_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_d5953cd237ea0239139b8cf951fa5171.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“turkiston” bug‘doy navi qishloq xo‘jaligi vaziri ibrohim abdurahmonov qashqadaryo viloyati muborak tumani cho‘l hudud “zafarbek quziyev” fermer xo‘jaligi “turkiston” bug‘doy navi qishloq xo‘jaligi vaziri ibrohim abdurahmonov qashqadaryo viloyati muborak tumani cho‘l hudud “zafarbek quziyev” fermer xo‘jaligi
“turkiston” bug‘doy navi qishloq xo‘jaligi vaziri ibrohim abdurahmonov qashqadaryo viloyati muborak tumani cho‘l hudud “zafarbek quziyev” fermer xo‘jaligi “turkiston” bug‘doy navi qishloq xo‘jaligi vaziri ibrohim abdurahmonov qashqadaryo viloyati muborak tumani cho‘l hudud “zafarbek quziyev” fermer xo‘jaligi
O‘zbekistonning cho‘l hududidagi bug‘doy maydonidan yuqori hosil kutilmoqda
Fermer xo‘jaligida har bir gektardan 55-60 sentnergacha hosil olinishi kutilmoqda.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning cho‘l hududidagi bug‘doy maydonidan yuqori hosil kutilmoqda, deya xabar berdi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
matbuot xizmati. Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qashqadaryo viloyati Muborak tumanining cho‘l hududida joylashgan “Zafarbek Quziyev” fermer xo‘jaligiga qarashli 14 gektarlik bug‘doy maydonini ko‘zdan kechirdi.
“Aksariyat hollarda cho‘l zonasi deyilganida qumli, jazirama iqlim tasavvuri yuzaga keladi. Biroq bu safar vaziyat butunlay boshqacha: yashillikka burkangan dalalar, mo‘l hosil va zamonaviy agrotexnologik yondashuvlar diqqatni tortdi”, — deyilgan xabarda.
Mazkur maydonda “Turkiston” bug‘doy navi ekilgan va hozir o‘rim-terim ishlari davom etmoqda.
“Yangi agrotexnologiyalar va samarali agrotexnik tadbirlar natijasida har bir gektardan 55-60 sentnergacha hosil olinishi kutilmoqda. Bu cho‘l hududi sharoiti uchun juda yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi”, — deya aniqlik kiritilgan matbuot xabarida.
Endilikda o‘rim-terim ishlari ilgari ijaraga olingan texnikalar emas, balki xo‘jalikning o‘ziga tegishli kombaynlar orqali amalga oshirilmoqda.
Fermer xo‘jaligi qo‘shni xo‘jaliklarga ham shartnoma asosida xizmat ko‘rsatmoqda. Aytilishicha, bu butun qishloq xo‘jaligi tizimi uchun muhim tajriba maktabi.