Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII hayvonlardagi kasalliklarga qarshi kurashishda xorij tajribasini qo‘llamoqchi

© press-slujba ministerstva prirodnix resursov UzbekistanaV Termezskom zooparke rodilis redkie jivotnie
V Termezskom zooparke rodilis redkie jivotnie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2025
Obuna bo‘lish
Butunjahon hayvonlar sog‘lig‘ini saqlash tashkilotining bosh sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) huquqiy hujjatlariga Butunjahon hayvonlar sog‘lig‘ini saqlash tashkiloti tavsiyalarini joriy etish davom ettiriladi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) xabar berdi.
Parijda 183 mamlakat vakillari ishtirokida Butunjahon hayvonlar sog‘lig‘ini saqlash tashkilotining bosh sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda YeIKning texnik jihatdan tartibga solish vaziri Valentin Tatariskiy va Sanitariya, fitosanitariya va veterinariya chora-tadbirlari departamenti direktori o‘rinbosari Vladimir Subbotin ham ishtirok etdi.
Ishtirokchilar hayvonlar va ulardan olinadigan mahsulotlarning xalqaro savdosida xavfsizlikni ta’minlash masalalarini muhokama qilishdi. Shuningdek, hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashish usullari bo‘yicha yangi xalqaro standartlar ustida olib borilayotgan ishlarning oraliq yakunlari va hayvonlarni o‘ta xavfli kasalliklarga qarshi emlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Sessiya doirasida Valentin Tatariskiy Butunjahon hayvonlar sog‘lig‘ini saqlash tashkiloti bosh direktori Emmanuel Subeyran va tashkilotning Yevropa, Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha mintaqaviy komissiyalari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Unda YeOII davlatlarining veterinariya sohasidagi vakolatli organlariga tashkilot standartlari talablarini tushuntirish va veterinariya bo‘yicha seminarlar o‘tkazish bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatish masalasi ko‘rib chiqildi.
"Tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga, xususan, tashkilotning xalqaro standartlari va tavsiyalarini Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining huquqiy hujjatlariga joriy etishni davom ettirishga kelishib olishdi", — deyiladi xabarda.
Komissiya va Ittifoq davlatlari veterinariya organlari vakillarining Butunjahon hayvonlar sog‘lig‘ini saqlash tashkiloti, shuningdek, tashkilotning Yevropa, Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha mintaqaviy komissiyalari tadbirlarida kelgusida ishtirok etishi to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Aytilishicha mazkur hamkorlik YeOII mamlakatlarida hayvonlarning o‘ta xavfli kasalliklariga qarshi kurashishning yagona strategiyasini ishlab chiqishni ta’minlaydi.
Shuningdek, YeIK vaziri Belarus, Qozog‘iston va Rossiya veterinariya idoralari vakillari bilan ushbu sohada Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasini rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazdi.
Yangiliklar lentasi
0