Ukraina bo‘yicha Rossiya memorandumining to‘liq matni e’lon qilindi

© Sputnik / BelTA
/ Obuna bo‘lish
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi raundidan so‘ng Rossiya tomoni memorandumning to‘liq matni e’lon qildi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Ukraina bo‘yicha Rossiya memorandumining to‘liq matni e’lon qilindi. U uch bo‘limdan iborat, deb yozmoqda RIA Novosti.
Dushanba kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Chirog‘on saroyida bir soatdan ko‘proq davom etdi.
Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy Istanbulda Ukraina vakillari bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijalari haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya kelishuv memorandumi loyihasini Ukrainaga topshirdi.
"U ikki qismdan iborat bo‘lib, batafsil va puxta ishlangan hujjatdir. Birinchi qism haqiqiy uzoq muddatli tinchlikka erishish masalasiga bag‘ishlangan. Rossiya memorandumining ikkinchi qismi - o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish uchun qadamlar - o‘zgaruvchanlik va maqsadga erishishning bir nechta yo‘llarini nazarda tutadi", — dedi Vladimir Medinskiy.
Ukraina hujjatni o‘rganish uchun oldi, shundan so‘ng u o‘z javobini Rossiyaga topshiradi.
Muzokaralar yakunida Rossiya tomoni memorandumning to‘liq matni e’lon qildi.
Asosiy qoidalar:
Qrim, LXR, DXR, Zaporoje va Xerson viloyatlarining Rossiya tarkibiga kirishini xalqaro-huquqiy tan olish;
Ukrainaning betarafligini e’lon qilish, uning harbiy ittifoqlarga kirishdan bosh tortishi;
Ukrainada boshqa davlatlarning harbiy faoliyatini taqiqlash;
Ukrainaning yadrosiz maqomi;
UQKning cheklangan sonini belgilash;
Rossiyaga nisbatan joriy etilgan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilish;
rusiyzabon aholining huquq va erkinliklarini ta’minlash, Ukraina pravoslav cherkovi faoliyatiga cheklovlarni olib tashlash, natsizmni qahramonlashtirishni taqiqlash;
Ukraina bilan diplomatik va iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich tiklash;
jangovar harakatlardan ko‘rilgan zarar munosabati bilan da’volardan o‘zaro voz kechish;
oilalarni va ko‘chirilgan shaxslarni birlashtirish bilan bog‘liq masalalarni hal etish.
1-variant:
Ukraina tomonidan bosib olingan DXR, LXR, Zaporoje va Xerson viloyatlaridagi Rossiya hududlaridan UQKni olib chiqish.
2-variant (paketli):
UQKni qayta joylashtirishni taqiqlash; safarbarlikni to‘xtatish va demobilizatsiyani boshlash;
uchinchi mamlakatlarning harbiy ishtirokini istisno etish;
Kiyevga xorijiy harbiy yordamni to‘xtatish;
Kiyevning Rossiyaga qarshi diversiyalardan voz kechishi;
siyosiy asirlarnio‘zaro amnitsiya qilish va ushlab turilgan fuqarolarni ozod qilish;
Ukrainada harbiy holatning bekor qilinishi;
Ukrainadagi saylovlar harbiy holat bekor qilinganidan keyin yuz kundan kechiktirmay o‘tkaziladi.