Samarqand aeroportini IHT aviatsiya xabi sifatida qabul qilish taklif etildi

© Xokimiyat Samarkandskoy oblasti15-16 sentabrya 2022 goda v Samarkande sostoitsya 22-y sammit glav gosudarstv Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva
15-16 sentabrya 2022 goda v Samarkande sostoitsya 22-y sammit glav gosudarstv Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2025
Obuna bo‘lish
Toshkentda IHTning Raqamli transport va bojxona ofisi tashkil etiladi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Samarqand aeroporti Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) aviatsiya xabi sifatida qabul qilinadi. Bu haqda tashkilot transport vazirlarining Eronda bo‘lib o‘tgan 13-yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Eron poytaxti Tehron shahrida Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (IHT) transport vazirlarining 13-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
© Ministerstvo transporta Respubliki UzbekistanV Tegerane obsudili voprosi razvitiya transportnix koridorov mejdu stranami OES
V Tegerane obsudili voprosi razvitiya transportnix koridorov mejdu stranami OES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2025
V Tegerane obsudili voprosi razvitiya transportnix koridorov mejdu stranami OES
Muzokaralarda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
multimodal transport yo‘laklarini takomillashtirish;
transport sohasida raqamlashtirishni rag‘batlantirish;
transchegaraviy savdo va tranzitni osonlashtirish;
mintaqaviy kelishuv va dasturlarni amalga oshirish.
Yig‘ilishda Transport vaziri Ilhom Maxkamovo‘z so‘zida 2023-yil Toshkentda bo‘lib o‘tgan IHTning 16-sammitida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Toshkentda tashkilotning Raqamli transport va bojxona ofisini tashkil etish bo‘yicha tashabbus ilgari surilganini eslatib o‘tdi.
© Ministerstvo transporta Respubliki UzbekistanV Tegerane obsudili voprosi razvitiya transportnix koridorov mejdu stranami OES
V Tegerane obsudili voprosi razvitiya transportnix koridorov mejdu stranami OES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2025
V Tegerane obsudili voprosi razvitiya transportnix koridorov mejdu stranami OES
“Ilhom Maxkamov ushbu tashabbusni amalga oshirish uchun transport va bojxona idoralari xodimlaridan iborat Ishchi guruh tuzgan holda yuk va bojxona hujjatlarini raqamlashtirish va o‘zaro tan olish mexanizmlarini ishlab chiqish taklifini bildirdi”, — deyiladi xabarda.
Yig‘ilishda vazirlar IHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga intilishlarini yana bir bor tasdiqlashdi.
Shuningdek, ular infratuzilmani yaxshilash, transport siyosatini uyg‘unlashtirish va xususiy sektorning mintaqaviy transport loyihalarida ishtirokini kuchaytirish uchun muvofiqlashtirilgan harakatlar va sarmoya zarurligini qayd etishdi.
“Uchrashuvda strategik ustuvorliklar va mintaqaviy transport va aloqalarni yaxshilash bo‘yicha jamoaviy yo‘l xaritasini belgilab beruvchi Tehron deklaratsiyasi qabul qilindi. Deklaratsiyaga Raqamli transport va bojxona ofisini tashkil etish hamda Samarqand aeroportini IHT aviatsiya xabi sifatida qabul qilish kabi O‘zbekiston tomonidan berilgan takliflar kiritildi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga Ozarbayjon, Afg‘oniston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekiston a’zo.
Yangiliklar lentasi
0