https://oz.sputniknews.uz/20250603/qizlar-qutqarish-jasorat-medal-abdumannop-samiqov-49687873.html
Prezident cho‘kayotgan qizlarni qutqarishda halok bo‘lgan Abdumannop Samiqovni mukofotladi
Prezident cho‘kayotgan qizlarni qutqarishda halok bo‘lgan Abdumannop Samiqovni mukofotladi
Sputnik O‘zbekiston
Sherzod Asadov: Shavkat Mirziyoyev marhum Abdumannop Samiqovning rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirdi. Cho‘kayotgan qizlarni qutqarishda halok bo‘lgan fuqaro... 03.06.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-06-03T17:08+0500
2025-06-03T17:08+0500
2025-06-03T17:08+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent
mukofot
ta’ziya
sherzod asadov
shavkat mirziyoyev
suv
halokat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/1c/44569617_0:133:1280:853_1920x0_80_0_0_6c7f82af79ce1a2d9231fb617e049f63.png
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Toshkentdagi Bo‘rijar kanalidan ikki nafar qizaloqni qutqarib olgan marhum Abdumannop Samiqov “Jasorat” medali bilan mukofotlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.Shu yil 5-may kuni Yakkasaroy tumanida yashovchi ikki nafar qizaloq Toshkentdagi Bo‘rijar kanaliga tushib ketdi. Buni Abdumannop Samiqov o‘zini suvga tashlab, norasidalar hayotini saqlab qoldi. Lekin, afsuski, uning o‘zi qahramonlarcha halok bo‘ldi.Shuningdek, qizaloqlarni qutqarishda jonbozlik ko‘rsatgan “Bo‘rijar” sport majmuasi ishchisi Nurmuhammad Mamasaliyev ham “Jasorat” medali bilan taqdirlandi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/1c/44569617_164:137:1118:853_1920x0_80_0_0_eccab10edeb80915beefd23189b50950.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, toshkent, mukofot, ta’ziya, sherzod asadov, shavkat mirziyoyev, suv, halokat
jamiyat, o‘zbekiston, toshkent, mukofot, ta’ziya, sherzod asadov, shavkat mirziyoyev, suv, halokat
Prezident cho‘kayotgan qizlarni qutqarishda halok bo‘lgan Abdumannop Samiqovni mukofotladi
Sherzod Asadov: Shavkat Mirziyoyev marhum Abdumannop Samiqovning rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirdi. Cho‘kayotgan qizlarni qutqarishda halok bo‘lgan fuqaro “Jasorat” medali bilan mukofotlandi
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Toshkentdagi Bo‘rijar kanalidan ikki nafar qizaloqni qutqarib olgan marhum Abdumannop Samiqov “Jasorat” medali bilan mukofotlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida
ma’lum qildi. Shu yil 5-may kuni Yakkasaroy tumanida yashovchi ikki nafar qizaloq Toshkentdagi Bo‘rijar kanaliga tushib ketdi. Buni Abdumannop Samiqov o‘zini suvga tashlab, norasidalar hayotini saqlab qoldi. Lekin, afsuski, uning o‘zi qahramonlarcha halok bo‘ldi.
“Ma’lum bo‘lishicha, bu fidoyilik bejiz emas – Abdumannop Samiqov hamisha odamlarga yaxshilik qiladigan, el koriga yaraydigan vatanparvar inson edi. Davlatimiz rahbari bu jasorat tarixini yuragiga yaqin olib, avvalo, marhumning rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirdi. Bugun hurmatli Prezidentimiz marhum Abdumannop Samiqovni “Jasorat” medali bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi”, — deb yozadi Sherzod Asadov.
Shuningdek, qizaloqlarni qutqarishda jonbozlik ko‘rsatgan “Bo‘rijar” sport majmuasi ishchisi Nurmuhammad Mamasaliyev ham “Jasorat” medali bilan taqdirlandi.