https://oz.sputniknews.uz/20250603/ozbekiston-dorivor-ziravor-osimliklar-plantatsiyalar-49678407.html
O‘zbekiston dorivor, oziq-ovqatbop va ziravor o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etmoqchi
O‘zbekiston dorivor, oziq-ovqatbop va ziravor o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
2030 yilgacha 1,5 million gektarda o‘rmonlar barpo etiladi. 03.06.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-06-03T11:09+0500
2025-06-03T11:09+0500
2025-06-03T11:09+0500
jamiyat
o‘zbekiston
yangi qaror
o‘rmon
o‘rmon xo‘jaligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/11/35003116_0:15:3000:1703_1920x0_80_0_0_bdfcfb5c5377f6792630a56f85383b9a.jpg
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. O‘rmon xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan tegishli qarorda nazarda tutilgan. “O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga ko‘ra, o‘rmon fondi resurslaridan samarali foydalanishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi. Maqsadli ko‘rsatgichlar: Markaz quyidagilarni nazarda tutuvchi “Aqlli o‘rmon xo‘jaligi” (Smart forestry) axborot platformasining yagona operatori hisoblanadi: Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh prokuratura va Uzcosmos o‘rmon fondi yerlarida yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi holatlarini aniqlashga kelishib olgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20250429/bmt-ozbekiston-ormon-hujjat-49083107.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/11/35003116_355:0:2646:1718_1920x0_80_0_0_06d6713209e758084638a0209ee72fb6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, yangi qaror, o‘rmon, o‘rmon xo‘jaligi
jamiyat, o‘zbekiston, yangi qaror, o‘rmon, o‘rmon xo‘jaligi
O‘zbekiston dorivor, oziq-ovqatbop va ziravor o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etmoqchi
2030 yilgacha 1,5 million gektarda o‘rmonlar barpo etiladi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. O‘rmon xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan tegishli qarorda nazarda tutilgan.
“O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga ko‘ra, o‘rmon fondi resurslaridan samarali foydalanishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi.
2030 yilgacha 1,5 million gektarda o‘rmonlar barpo etish, ularni qayta tiklash hamda 3,8 ming gektar o‘rmon fondi yerlarida dorivor va oziq-ovqatbop hamda ziravor o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etish;
2030 yilgacha 9,2 ming tonna daraxt va butalar urug‘larini tayyorlash hamda 919 million dona nihol va ko‘chatlarni yetishtirish;
2025–2026 yillarda tog‘ va tog‘oldi hududlardagi 500 gektarda “terrasa” usulida daraxt va buta ko‘chatlari ekish.
“O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi “O‘rmontexnoservis” davlat unitar korxonasi negizida “O‘rmon xo‘jaligini raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi tashkil etiladi”, — deyiladi hujjat matnida.
Markaz quyidagilarni nazarda tutuvchi “Aqlli o‘rmon xo‘jaligi” (Smart forestry) axborot platformasining yagona operatori hisoblanadi:
o‘rmon resurslarini boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish, ularning holatini real vaqt rejimida monitoring qilish;
o‘rmon xo‘jaligi sohasi faoliyati zamonaviy texnologiyalar, sun’iy intellekt va integratsiyalashgan axborot tizimlari orqali samarali boshqarilishi ta’minlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh prokuratura va Uzcosmos o‘rmon fondi yerlarida yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi holatlarini aniqlashga kelishib
olgan edi.