O‘zbekiston va Afg‘oniston tekstil sohasida hamkorlik boshladi

© Torgovo-promishlennaya palata UzbekistanaUzbeksko-afganskoe sotrudnichestvo vixodit na noviy uroven
Uzbeksko-afganskoe sotrudnichestvo vixodit na noviy uroven - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2025
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonda qayta ishlangan ip-kalavani O‘zbekistonga eksport qilish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida tekstil sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi, deya xabar berdi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.
Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov Afg‘oniston Islom Respublikasining Kobul va Qandahor shahrilarida bir qator muhim uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazdi. Xususan, davlat idoralari va vazirliklari rahbarlari bilan to‘qimachilik va qayta ishlash sohalaridagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
© Torgovo-promishlennaya palata UzbekistanaUzbeksko-afganskoe sotrudnichestvo vixodit na noviy uroven
Uzbeksko-afganskoe sotrudnichestvo vixodit na noviy uroven - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2025
Uzbeksko-afganskoe sotrudnichestvo vixodit na noviy uroven
“Muzokaralar natijasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Afg‘oniston Davlat tekstil korporatsiyasi raisi Abdul Hamid Ohund Zoda bilan tekstil sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Qandahor shahrida joylashgan, 1970-yillarda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 2 000 ta uskuna saqlanayotgan, umumiy 50 ming kvadrat metr maydonga ega sanoat hududi faoliyati o‘rganildi.
Uchrashuvlarda ushbu hududdagi quvvatlar asosida qo‘shma korxonalar tashkil etish, mavjud uskunalarni tiklash va qayta ishga tushirish masalalari muhokama qilindi.
“Muzokaralar davomida Qandahor va Kobulda kamida 50 ming tonna paxtani qayta ishlash, tayyor mato hamda kiyim-kechak ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalar yuzasidan kelishuvga erishildi”, — deya qayd etilgan xabarda.
© Torgovo-promishlennaya palata Uzbekistana
Uzbeksko-afganskoe sotrudnichestvo vixodit na noviy uroven - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Torgovo-promishlennaya palata Uzbekistana
Uzbeksko-afganskoe sotrudnichestvo vixodit na noviy uroven - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Torgovo-promishlennaya palata Uzbekistana
Uzbeksko-afganskoe sotrudnichestvo vixodit na noviy uroven - Sputnik O‘zbekiston
3/3
1/3
2/3
3/3
Shuningdek, loyiha doirasida O‘zbekistonda bo‘yalgan matolarni Afg‘onistonga yetkazib, tayyor mahsulot tikish reja qilingan. Afg‘onistonda qayta ishlangan ip-kalavani esa O‘zbekistonga eksport qilish ko‘zda tutilmoqda.
Afg‘onistonni Markaziy Osiyo xavfsizlik tizimiga kiritish zarur — BMT
O‘zbekiston Afg‘onistonda savdo uyi ochdi
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan Amudaryo suv havzasini birgalikda boshqarishga kelishib oldi
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan hamkorlikni chuqurlashtirmoqchi
Zapusk dvijeniya gruzovix poyezdov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2025
O‘zbekiston orqali Afg‘onistonga yuk tashish hajmi oshdi
Yangiliklar lentasi
0