O‘zbekistonda ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar oshiriladi — Jamshid Qo‘chqorov

© SputnikDjamshid Kuchkarov na Vtorom Yevraziyskom kongresse
Djamshid Kuchkarov na Vtorom Yevraziyskom kongresse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2025
Obuna bo‘lish
Prezident ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni 10 foizga oshirish bo‘yicha farmonga imzo chekdi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 10 foizga oshiriladi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tayotgan majlisda ma’lum qildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2024-yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqishdi.
Hisobotni Bosh vazirining o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov taqdim etdi.

“Kecha hurmatli prezidentimiz ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni 10 foizga, ya’ni inflyatsiyaga nisbatan yuqori oshirish bo‘yicha farmonga imzo chekdi”, — deya qayd etdi Jamshid Qo‘chqorov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2024-yilda yalpi ichki mahsulot hajmi 2023-yilga nisbatan 6,5 foizga, iqtisodiy o‘sishning asosiy drayveri bo‘lgan xizmatlar sohasi 12,9 foizga, qurilish sohasi 8,8 foizga hamda sanoat sohasi 6,8 foizga o‘sgan.
Shuningdek, mamlakatda yillik inflyatsiya 9,8 foizni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasi 65,9 mlrd dollarga yetgan. 2024-yil uchun Davlat budjeti daromadlari o‘tgan yilga nisbatan 118,4 foizga, Davlat budjeti xarajatlari qariyb 111,0 foizga bajarilgan.
Yangiliklar lentasi
0