Toshkentda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining ofisi ochildi

© Sputnik / Avenir DeberdeyevV Green University v Tashkente otkrilsya ofis Mejdunarodnogo soyuza oxrani prirodi (MSOP)
V Green University v Tashkente otkrilsya ofis Mejdunarodnogo soyuza oxrani prirodi (MSOP) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2025
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Bu yerda talabalar, olimlar, tadqiqotchilar va ittifoq jamoalari birgalikda ishlashlari va mintaqaviy tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Toshkentda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) negizida Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining (TMXI) Markaziy Osiyo ofisi ochildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
Bu yerda mintaqadagi barcha beshta davlat - Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonning tabiatni muhofaza qilish, bioxilma-xillik va iqlim o‘zgarishiga chidamlilik sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishga ko‘maklashiladi.
"Ekologiya va iqlim o‘zgarishi masalalariga ixtisoslashgan mintaqadagi birinchi universitet - Green University’da ofisning joylashtirilishi tasodif emas, balki strategik yechimdir. Bu talabalar, olimlar, tadqiqotchilar va ofis jamoalari uchun birgalikda ishlash va mintaqaviy faoliyatda ishtirok etish imkoniyatini yaratadi," — dedi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov.
Yangi ofis nafaqat muvofiqlashtiruvchi, balki milliy va mintaqaviy tashabbuslarni TMXIning global vositalari, jumladan, yo‘qolib borayotgan turlarning Qizil ro‘yxati, muhofaza qilinadigan hududlarning Yashil ro‘yxati va atrof-muhitga yo‘naltirilgan yechimlarning global standarti bilan bog‘laydigan ekspert markazi bo‘ladi.
Idora rahbari etib TMXI dasturining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy koordinatori Dmitriy Gorshkov tayinlandi.
"Markaziy Osiyo va O‘zbekiston noyob ekotizimlar va noyob turlarga ega, ammo afsuski, sayyorada sodir bo‘layotgan ba’zi global o‘zgarishlar tufayli ular xavf ostida va ularni saqlab qolish butun sayyora uchun umumiy vazifadir. TMXI - bu bilimga, ushbu tabiiy boyliklarni asrab-avaylash uchun nima qilish kerakligini tushunadigan mutaxassislarga ega bo‘lgan eng qadimgi tabiatni muhofaza qilish tashkilotidir”, — dedi Dmitriy Gorshkov.
Yangiliklar lentasi
0