Texnologik metallar oliy maktabi tashkil etildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishStudenti v auditorii
Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2025
Obuna bo‘lish
Ta’limni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalar to‘liq ish bilan ta’minlanadi.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Texnologik metallar oliy maktabi tashkil etildi, deya xabar berdi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, respublikada ilk bor Texnologik metallar oliy maktabi tashkil etildi.
“Mazkur oliy maktab O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, texnologik metallar sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan”, — deyiladi xabarda.
Bakalavriat dasturi Italiyaning Piza universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilib, darslar ingliz tilida olib boriladi, ta’lim jarayonlari TMKning ishlab chiqarish korxonalarida ham tashkil etiladi hamda ushbu bosqich uchun TMK tomonidan 25 ta grant ajratilgan.
Shuningdek, oliy maktab va Geologiya fanlari universiteti hamkorligida kritik minerallar yo‘nalishida magistratura dasturi ham yo‘lga qo‘yilgan. Bu loyiha Xitoyning Geofanlar universiteti bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Magistratura ta’limi ham ingliz tilida olib boriladi, ikkinchi bosqich Xitoyda davom ettiriladi. Bitiruvchilar ikki davlat diplomiga ega bo‘lishadi. Magistratura bosqichi uchun 10 ta grant ajratilgan.
Ta’limni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalar TMK tomonidan to‘liq ish bilan ta’minlanadi.
Yangiliklar lentasi
0