https://oz.sputniknews.uz/20250602/tarix-talim-ukraina-mojaro-simonyan-49657807.html
Juda ko‘p o‘smirlar nima uchun urushayotganimizni tushunishmaydi — Simonyan
Juda ko‘p o‘smirlar nima uchun urushayotganimizni tushunishmaydi — Simonyan
Sputnik O‘zbekiston
Simonyan Rossiya maktablarida tarixni o‘rganishga ko‘proq soat ajratilishi haqidagi xabarni ijobiy baholadi. 02.06.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-06-02T13:34+0500
2025-06-02T13:34+0500
2025-06-02T13:34+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
ukraina
tarix
"rossiya segodnya"
margarita simonyan
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/0e/46620584_2:0:1280:719_1920x0_80_0_0_d9a8068b59e8c9b4dad02f4b970fd27b.jpg
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. "Rossiya segodnya" xalqaro media guruhi va RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan tarixiy ta’limning yo‘qligi Ukraina va Rossiya mojarosiga olib keldi, deb hisoblaydi, deb yozmoqda RIA Novosti.Simonyan Rossiya maktablarida tarixni o‘rganishga ko‘proq soat ajratilishi haqidagi xabarni ijobiy baholadi. Shu bilan birga, u maktab o‘quvchilari aynan Rossiya tarixini o‘rganishlari muhimligini ta’kidladi. Simonyanning aytishicha, uning qizi beshinchi sinfni tugatgan va endi finikiyaliklar, suriyaliklar va Misr haqida hamma narsani biladi, ammo ularga Potr I, Suvorov va Yekaterina II haqida hech narsa aytishmaydi. U, shuningdek, so‘nggi to‘rt yil ichida Amerika maktabida o‘rganish uchun fanlarni mustaqil tanlash mumkinligini, ammo ikkita majburiy fan borligini - bu ingliz tili va Amerika tarixi ekanini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, Rossiyaning tarixi Ukrainada bo‘lmaganidek, uning universitet ta’limida ham yo‘q edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shuning uchun ukrainaliklarni aldash oson bo‘lgan.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/0e/46620584_258:0:1217:719_1920x0_80_0_0_d595d46a82a42db07eac957d150e5dff.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya, ukraina, tarix, "rossiya segodnya", margarita simonyan
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya, ukraina, tarix, "rossiya segodnya", margarita simonyan
Juda ko‘p o‘smirlar nima uchun urushayotganimizni tushunishmaydi — Simonyan
Simonyan Rossiya maktablarida tarixni o‘rganishga ko‘proq soat ajratilishi haqidagi xabarni ijobiy baholadi.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. "Rossiya segodnya" xalqaro media guruhi va RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan tarixiy ta’limning yo‘qligi Ukraina va Rossiya mojarosiga olib keldi, deb hisoblaydi, deb yozmoqda
RIA Novosti. Simonyan Rossiya maktablarida tarixni o‘rganishga ko‘proq soat ajratilishi haqidagi xabarni ijobiy baholadi. Shu bilan birga, u maktab o‘quvchilari aynan Rossiya tarixini o‘rganishlari muhimligini ta’kidladi.
Simonyanning aytishicha, uning qizi beshinchi sinfni tugatgan va endi finikiyaliklar, suriyaliklar va Misr haqida hamma narsani biladi, ammo ularga Potr I, Suvorov va Yekaterina II haqida hech narsa aytishmaydi.
U, shuningdek, so‘nggi to‘rt yil ichida Amerika maktabida o‘rganish uchun fanlarni mustaqil tanlash mumkinligini, ammo ikkita majburiy fan borligini - bu ingliz tili va Amerika tarixi ekanini qayd etdi.
"Bizda to‘rtinchi yil urush ketapti. Bizda juda ko‘p o‘smirlar nima uchun urushayotganimizni tushunishmaydi. Qaysi finikiyaliklar? Haqiqatan ham, bu yondashuvni qayta ko‘rib chiqish vaqti keldi... Shunday qilib, bizga bolalarning vaqti yo‘qligini aytishadi. Nega bolalarning vaqti yo‘q? Chunki bolalar 4-sinfgacha juda band bo‘ladi. Ular nima bilan yuklangan? Dasturni tomosha qilamiz. Bizda qo‘shiqchilik bor, bizda rasm chizish bor, bizda ko‘p narsalar bor, bizda tarix yo‘q... Balki sizga bu muhim mavzu emasdek tuyulishi mumkin, lekin bu mavzu juda muhim. Chunki oldinda tarixni bilmagani uchun biz bu dasturda gapirayotgan boshqa narsalarni tushunmaydigan avlod o‘sib bormoqda... Men sizga ko‘proq aytib beraman. Tarixiy ta’limning yo‘qligi umuman mana shu urushga olib keldi", — dedi Simonyan "Rossiya 1" telekanalining "Voskresniy vecher s Vladimirom Solovyevim" dasturi efirida.
Uning ta’kidlashicha, Rossiyaning tarixi Ukrainada bo‘lmaganidek, uning universitet ta’limida ham yo‘q edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shuning uchun ukrainaliklarni aldash oson bo‘lgan.