https://oz.sputniknews.uz/20250602/tanzila-narbaeva-oleg-malginov-uchrashuv-49668106.html
Tanzila Narbayeva Oleg Malginov bilan uchrashdi — nimalar muhokama etildi?
Tanzila Narbayeva Oleg Malginov bilan uchrashdi — nimalar muhokama etildi?
Sputnik O‘zbekiston
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi, deya xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati.
2025-06-02T14:05+0500
2025-06-02T14:05+0500
2025-06-02T14:05+0500
siyosat
o‘zbekiston
rossiya
o‘zbekiston oliy majlisi senati
tanzila norboyeva
elchi
oleg malginov
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/02/49667397_50:148:1231:812_1920x0_80_0_0_29f377023d44f548ed019f0b56a90936.jpg
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi, deya xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati. Suhbat chog‘ida elchining O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatining muvaffaqiyatli va samarali davri sarhisob qilindi. Parlamentlararo, shu jumladan xalqaro parlament tuzilmalari doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar ikki mamlakat xalqlari manfaatlari yo‘lida konstruktiv va o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.Eslatib o‘tamiz, shu yilning aprel oyida Tanzila Narbayeva Oleg Malginov bilan uchrashgan edi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/02/49667397_51:0:1188:853_1920x0_80_0_0_dc08cb247f1111d39b37696e1ffec48a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
oliy majlis senati raisi tanzila narbayeva rossiya federatsiyasining o‘zbekistondagi elchisi oleg malginov
oliy majlis senati raisi tanzila narbayeva rossiya federatsiyasining o‘zbekistondagi elchisi oleg malginov
Tanzila Narbayeva Oleg Malginov bilan uchrashdi — nimalar muhokama etildi?
Suhbat chog‘ida elchining O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatining muvaffaqiyatli va samarali davri sarhisob qilindi.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi, deya xabar berdi yuqori palata
matbuot xizmati. Suhbat chog‘ida elchining O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatining muvaffaqiyatli va samarali davri sarhisob qilindi.
“Uning so‘nggi to‘rt yil ichida O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga qo‘shgan salmoqli hissasi qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
Parlamentlararo, shu jumladan xalqaro parlament tuzilmalari doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
“O‘zbekiston va Rossiya prezidentlarining siyosiy irodasi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va chuqurlashtirish uchun asos sifatida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Shuningdek, ikki tomonlama muloqotni faollashtirishda parlamentlarning ahamiyati ortib borayotgani qayd etildi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar ikki mamlakat xalqlari manfaatlari yo‘lida konstruktiv va o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning aprel oyida Tanzila Narbayeva Oleg Malginov bilan
uchrashgan edi.