Sputnik radiosi va Ukraina.ru yangi hududlar haqida radioeshittirish loyihasini ishga tushiradi

© Sputnik / Aleksey MayshevMikrofon s simvolikoy radio Sputnik v studii.
Mikrofon s simvolikoy radio Sputnik v studii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2025
Obuna bo‘lish
"Rossiya segodnya": yangi hududlar haqida radioeshittirish loyihasi ishga tushiriladi.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. "Rossiya segodnya" media guruhiga kiruvchi Sputnik radiosi va Ukraina.ru multimedia nashri Rossiya Federatsiyasi bilan birlashtirilgan hududlar hayoti haqida "Novorossiya segodnya" radioeshittirish loyihasini ishga tushirmoqda. Bu haqda RIA Novostiga media-guruh matbuot xizmati xabar berdi.
"2 iyun, dushanba kuni "Novorossiya segodnya" radiodasturi efirga uzatiladi. Bu Ukraina.ru multimedia nashri va "Rossiya segodnya" media guruhining Sputnik radiosi qo‘shma loyihasidir. Rossiya bilan birlashtirilgan mintaqalar hayotining axborot kun tartibi boshlovchilar, muxbirlar va ekspertlarning diqqat markazida bo‘ladi: frontdagi voqealar, tinch hayotga qaytish va infratuzilmani tiklash, iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy soha, madaniyat va boshqalar", — deyiladi xabarda.
Aniqlik kiritilishicha, tahririyatning asosiy vazifalari orasida "Kiyev rejimi va uning g‘arbiy ittifoqchilarining axborot terrorizmiga qarshi kurashish" ham bor.
Matbuot xizmatining ta’kidlashicha, har kuni ish kunlari jonli efirda Rossiyaning turli mintaqalarining Donbass va Novorossiyaga yordami, yangi rossiyaliklarning fuqarolik huquqlari, Rossiya Federatsiyasiga birlashtirilgan mintaqalarning tarixiy va madaniy diqqatga sazovor joylari haqida suhbatlar bo‘lib o‘tadi.
"Rossiya segodnya" media guruhi 2014-yildayoq birlashgan Qrimga kelgan birinchi Rossiya davlat ommaviy axborot vositasi bo‘lgan.
“Biz yarimorolda o‘z vakolatxonamizni ochdik, Sputnik radiostansiyasini ishga tushirdik, internetda ishlashni boshladik va Qrim hukumati uyida o‘z matbuot markazimiz eshiklarini ochdik. Va hozir, Rossiyaning o‘nlab shaharlarida qabul qilinayotgan Sputnik radiosi to‘lqinlarida "Novorossiya segodnya" loyihasini boshlayapmiz. Rossiya bilan birlashgan mintaqalar hayoti haqida loyiha”, — dedi "Rossiya segodnya" XAA bosh direktori Dmitriy Kiselov ma’lum qildi.
Kiselovning ta’kidlashicha, yangi loyiha yangi rossiyaliklar uchun ham, butun Rossiya uchun ham muhim.
“2014 yil may oyida "Rossiya segodnya" XAA bosh direktori Dmitriy Kiselov tashabbusi bilan "Ukraina.ru" sayti yaratildi. Maqsad Ukraina inqirozi bilan bog‘liq muammolarning butun spektrini yoritish edi. O‘tgan yillar davomida nashr to‘rt tilda: rus, ingliz, xitoy va ispan tillarida ommabop veb-sayt, professional video studiya, Telegram kanallar guruhini birlashtirgan kuchli axborot resursiga aylandi. Bundan tashqari, nashr turli xil loyihalarni amalga oshiradi - frontga ko‘ngilli yordam berishdan tortib, o‘z seriyasidagi kitoblarni nashr etishgacha. Bugungi kunda nashrning turli manbalardagi materiallari kuniga 15 milliondan 20 milliongacha ko‘rilmoqda. 2024-yil uchun umumiy ko‘rishlar soni esa 4 milliarddan oshdi”, — deya Ukraina.ru multimedia nashri direksiyasi direktori Iskander Xisamovning so‘zlarini keltiradi matbuot xizmati.
Sputnik radiosi direksiyasi direktori Margarita Nekrasovaning ta’kidlashicha, Sputnik radiosi Rossiyaning 45 dan ortiq shaharlarida federal eshittirishlarni taqdim etadi va yangi hududlarda efirga uzatish uchun litsenziya olish muhim va uzoq kutilgan qadam bo‘ldi.
Uning ta’kidlashicha, "OAV bugungi kunda o‘z auditoriyasiga yaqinroq bo‘lishi kerak, shuning uchun Lugansk, Donesk, Makeyevka, Yenakiyevo va Gorlovkadagi efirda aynan mahalliy dolzarb kun tartibi va mavzular muhokama qilinishi juda muhimdir."
Sputnik radiosida "Novorossiya segodnya" loyihasi quyidagi jadval asosida efirga uzatiladi:
ertalab - soat 8.00 dan 10.00 gacha (chorshanba kunlari - soat 9.00 dan 11.00 gacha),
kechqurun - soat 17.00 dan 18.00 gacha,
Donesk va Lugansk tinglovchilari o‘z qabul qilgichlarini mos ravishda 93,4 FM va 96,9 FM chastotalariga sozlash orqali loyihaga qo‘shilishlari mumkin, deya ta’kidladi matbuot xizmati.
Yangiliklar lentasi
0