Samarqanda ikkinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumi ish boshladi — asosiy fikrlar

© Sputnik / Baxrom XatamovUzbekistan i Kitay xotat razvivat mejregionalnoe sotrudnichestvo
Uzbekistan i Kitay xotat razvivat mejregionalnoe sotrudnichestvo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2025
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Forum ikki mamlakat hududlari va ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot uchun muhim maydonga aylandi.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Samarqanda ikkinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumi o‘z ishini boshladi, unda Xitoy va O‘zbekistondan 1800 dan ortiq tadbirkorlar, davlat xizmatchilari, shuningdek, fan va ta’lim vakillari ishtirok etdi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
© SputnikV Samarkande proxodit vtoroy uzbeksko-kitayskiy forum
V Samarkande proxodit vtoroy uzbeksko-kitayskiy forum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2025
V Samarkande proxodit vtoroy uzbeksko-kitayskiy forum
"Tadbir o‘tgan yili Pekinda bo‘lib o‘tgan forumning davomi bo‘ldi. Samarqand forumiga ikki tomonlama hamkorlikdan manfaatdor bo‘lgan 500 dan ortiq Xitoy kompaniyalari tashrif buyurdi", — dedi Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Feruz Saidov.
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shen Yueyue va Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirokidagi yalpi majlisda savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni mustahkamlash tendensiyasi ta’kidlandi.
© SputnikV Samarkande proxodit vtoroy uzbeksko-kitayskiy forum
V Samarkande proxodit vtoroy uzbeksko-kitayskiy forum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2025
V Samarkande proxodit vtoroy uzbeksko-kitayskiy forum
Bugungi kunda O‘zbekistonda Xitoy kapitali ishtirokida tuzilgan 3 ming 700 dan ziyod korxona faoliyat yuritmoqda va ularning soni tobora ortib bormoqda. Forum ikki mamlakat hududlari va ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot uchun muhim maydonga aylandi. Investitsiyalar, qurilish, infratuzilma, ta’lim va sanoat sohalaridagi qo‘shma loyihalar muhokama qilinmoqda.
Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ro‘ziyevning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yilning o‘zida xitoylik tadbirkorlar tuman iqtisodiyotiga 30 million dollar, joriy yil boshidan esa yana 27 million dollar sarmoya kiritgan. Hozirda tomonlar hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, jumladan, mutaxassislar tayyorlash ustida ishlamoqda. Xususan, texnikumning maishiy xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida tahsil olayotgan 20 nafar o‘quvchisi ayni paytda Xitoyda uch oylik amaliyot o‘tamoqda.
Panel sessiyalarda biznes hamjamiyati vakillari va turli hududlar rahbarlari so‘zga chiqib, u yoki bu tuman, yo‘nalish istiqbollari haqida so‘z yuritadi. Bu yerda qo‘shma ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, raqamli texnologiyalarni joriy etish, "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirish, gumanitar aloqalarni, jumladan, ta’lim va madaniyat sohalarida kengaytirish imkoniyatlari haqida so‘z bormoqda.

"Forum - bu nafaqat muhokama, balki aniq qadamlardir. B2B formatida ishtirokchilar potensial loyihalarni tahlil qiladilar, muzokaralar olib boradilar va bitimlar imzolaydilar", — dedi Samarqand viloyati Savdo-sanoat palatasi vakili Faridun Rahmonov.

Forum doirasida Xitoyning yetakchi kompaniyalari mahsulotlari namoyish etiladigan sanoat yarmarkasi ham o‘tkazilmoqda. Ko‘rgazma 3-iyungacha davom etadi. Forum yakunida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichlariga asos bo‘ladigan qator bitim va memorandumlar imzolanishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0