https://oz.sputniknews.uz/20250602/ilhom-aliev-baku-energy-week-ozbekneftgaz-49670507.html
Ilhom Aliyev “Baku Energy Week” haftaligida “O‘zbekneftgaz” stendi bilan tanishdi
Ilhom Aliyev “Baku Energy Week” haftaligida “O‘zbekneftgaz” stendi bilan tanishdi
Sputnik O‘zbekiston
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Bokuda bo‘lib o‘tayotgan “Baku Energy Week” haftaligida “O‘zbekneftgaz” stendi bilan tanishdi, deya xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.
2025-06-02T18:30+0500
2025-06-02T18:30+0500
2025-06-02T18:30+0500
iqtisod
o‘zbekiston
ozarbayjon
forum
ilhom aliyev
o‘zbekneftgaz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/02/49669627_0:131:960:671_1920x0_80_0_0_ef86c0e53e78870cf7c00dafb077bcc3.jpg
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Bokuda bo‘lib o‘tayotgan “Baku Energy Week” haftaligida “O‘zbekneftgaz” stendi bilan tanishdi, deya xabar berdi kompaniya matbuot xizmati. Bokuda Kaspiybo‘yi mintaqasida energetika sohasidagi eng nufuzli va yirik tadbirlardan biri “Baku Energy Week” haftaligi o‘z ishini boshladi. Unda “O‘zbekneftgaz” AJ vakillari ham faol ishtirok etmoqda. Qayd etish joizki, haftalik doirasida energetika sohasiga oid uchta yirik tadbir — “30-Xalqaro Kaspiy neft va gaz” ko‘rgazmasi, “13-Kaspiy xalqaro energiya va qayta tiklanadigan energiya manbalari” konferensiyasi hamda “30-Boku energetika forumi” tashkil etilgan. Tadbirning rasmiy ochilish marosimida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ishtirok etdi. Forum doirasida Ilhom Aliyev “O‘zbekneftgaz” AJning korporativ stendiga tashrif buyurib, kompaniyaning Ozarbayjondagi hamkorlari bilan amalga oshirayotgan loyihalari va kelgusidagi investisiyaviy rejalari bilan yaqindan tanishdi. “Baku Energy Week” doirasida “B2B” va “B2G” formatlarida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan. Ular neft-gaz sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar, uglevodorod konlarini o‘zlashtirish, gaz qazib olish, qayta ishlash va yetkazib berish, axborot texnologiyalarini joriy etish, innovasion yechimlardan foydalanish, shuningdek, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/02/49669627_0:41:960:761_1920x0_80_0_0_ad1d00ccf3762cdbd7c0c2c77ceefd8a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ozarbayjon prezidenti ilhom aliyev bokuda “baku energy week” “o‘zbekneftgaz”
ozarbayjon prezidenti ilhom aliyev bokuda “baku energy week” “o‘zbekneftgaz”
Ilhom Aliyev “Baku Energy Week” haftaligida “O‘zbekneftgaz” stendi bilan tanishdi
O‘zbekiston “Baku Energy Week” haftaligida ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Bokuda bo‘lib o‘tayotgan “Baku Energy Week” haftaligida “O‘zbekneftgaz” stendi bilan tanishdi, deya xabar berdi kompaniya
matbuot xizmati. Bokuda Kaspiybo‘yi mintaqasida energetika sohasidagi eng nufuzli va yirik tadbirlardan biri “Baku Energy Week” haftaligi o‘z ishini boshladi. Unda “O‘zbekneftgaz” AJ vakillari ham faol ishtirok etmoqda.
Qayd etish joizki, haftalik doirasida energetika sohasiga oid uchta yirik tadbir — “30-Xalqaro Kaspiy neft va gaz” ko‘rgazmasi, “13-Kaspiy xalqaro energiya va qayta tiklanadigan energiya manbalari” konferensiyasi hamda “30-Boku energetika forumi” tashkil etilgan.
Tadbirning rasmiy ochilish marosimida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ishtirok etdi.
Forum doirasida Ilhom Aliyev “O‘zbekneftgaz” AJning korporativ stendiga tashrif buyurib, kompaniyaning Ozarbayjondagi hamkorlari bilan amalga oshirayotgan loyihalari va kelgusidagi investisiyaviy rejalari bilan yaqindan tanishdi.
“Ilhom Aliyev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va strategik hamkorlikni mustahkamlash borasidagi tashabbuslari hamda ko‘rsatgan yetakchiligi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi”, — deyiladi xabarda.
“Baku Energy Week” doirasida “B2B” va “B2G” formatlarida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan. Ular neft-gaz sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar, uglevodorod konlarini o‘zlashtirish, gaz qazib olish, qayta ishlash va yetkazib berish, axborot texnologiyalarini joriy etish, innovasion yechimlardan foydalanish, shuningdek, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan.