https://oz.sputniknews.uz/20250602/baa-ozbekiston-mevalar-eksport-49668554.html
BAAga O‘zbekistondan ho‘l va quritilgan mevalar eksportini yo‘lga qo‘yiladi
BAAga O‘zbekistondan ho‘l va quritilgan mevalar eksportini yo‘lga qo‘yiladi
Sputnik O‘zbekiston
Birlashgan Arab Amirliklariga O‘zbekistondan ho‘l va quritilgan mevalar eksportini yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
2025-06-02T17:09+0500
2025-06-02T17:09+0500
2025-06-02T17:09+0500
iqtisod
o‘zbekiston
baa
eksport
meva-sabzavot
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/805/46/8054623_0:94:1000:657_1920x0_80_0_0_d648496ed591d54598ac44b2cc4a182e.jpg
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklariga O‘zbekistondan ho‘l va quritilgan mevalar eksportini yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ullari hamda Birlashgan Arab Amirliklarining nufuzli “AFAQ” kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv BAA kompaniyasi O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, vazirlik vakillari O‘zbekistonning meva-sabzavot eksporti yo‘nalishidagi salohiyati, mavjud infratuzilma va logistik imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berishdi. Shuningdek, eksport jarayonining har bir bosqichi, mahsulotlarni xalqaro talablarga muvofiq tayyorlash va yetkazib berish mexanizmlari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida ikki tomon uzoq muddatli hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish borasida aniq qadamlarni belgilab oldi.
https://oz.sputniknews.uz/20250318/ozbekiston-hudud-mahsulotlar-48449644.html
o‘zbekiston
baa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/805/46/8054623_0:0:1000:750_1920x0_80_0_0_883eddb0afd18243426330a14775401c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
birlashgan arab amirliklari o‘zbekistondan ho‘l va quritilgan mevalar eksport afaq
birlashgan arab amirliklari o‘zbekistondan ho‘l va quritilgan mevalar eksport afaq
BAAga O‘zbekistondan ho‘l va quritilgan mevalar eksportini yo‘lga qo‘yiladi
BAA kompaniyasi "Made in Uzbekistan" brendi ostida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni olib ketmoqchi.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklariga O‘zbekistondan ho‘l va quritilgan mevalar eksportini yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi
xabar berdi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ullari hamda Birlashgan Arab Amirliklarining nufuzli “AFAQ” kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv BAA kompaniyasi O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanini ma’lum qildi.
“Uchrashuv davomida yaqin istiqbolda BAAga O‘zbekistondan ho‘l va quritilgan mevalar eksportini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi. BAA kompaniyasi dastlabki bosqichda namuna sifatida "Made in Uzbekistan" brendi ostida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni olib ketishga kelishib oldi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, vazirlik vakillari O‘zbekistonning meva-sabzavot eksporti yo‘nalishidagi salohiyati, mavjud infratuzilma va logistik imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berishdi. Shuningdek, eksport jarayonining har bir bosqichi, mahsulotlarni xalqaro talablarga muvofiq tayyorlash va yetkazib berish mexanizmlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida ikki tomon uzoq muddatli hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish borasida aniq qadamlarni belgilab oldi.