Tanzila Narbayeva halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari bilan uchrashdi
© Senat Oliy MajlisaV Senate s uchastiyem detey pogibshix zashitnikov Rodini sostoyalos prazdnichnoe meropriyatie, posvashonnoe 1-iyunya –Mejdunarodnomu dnyu zashiti detey

© Senat Oliy Majlisa
Obuna bo‘lish
Senat raisi bolalar bilan samimiy suhbatlashib, ularning fikrlari va orzu-istaklarini tingladi, kelgusi rejalari bilan tanishdi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan o‘z xizmat vazifasini ado etish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari bilan uchrashdi, deya xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati.
Tadbirda Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirligining o‘z xizmat burchini ado etish chog‘ida hayotini bag‘ishlagan harbiylarining farzandlari bilan samimiy muloqot o‘tkazildi.
“Milliy qonunchiligimizda bola huquqlari bilan bog‘liq bo‘lgan qonun hujjatlari soni 40 dan, qonunosti hujjatlari soni 500 dan ortiqdir. Jumladan, “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilingan”, — deyiladi xabarda.
© Senat Oliy MajlisaV Senate s uchastiyem detey pogibshix zashitnikov Rodini sostoyalos prazdnichnoe meropriyatie, posvashonnoe 1-iyunya –Mejdunarodnomu dnyu zashiti detey

V Senate s uchastiyem detey pogibshix zashitnikov Rodini sostoyalos prazdnichnoe meropriyatie, posvashonnoe 1-iyunya –Mejdunarodnomu dnyu zashiti detey
© Senat Oliy Majlisa
Senat raisi bolalar bilan samimiy suhbatlashib, ularning fikrlari va orzu-istaklarini tingladi, kelgusi rejalari bilan tanishdi. Narbayeva bolalarga murojaat qilib, “Sizlar – yurtimizning ertangi kuni, kelajagimizning egalarisiz. Bilim olishdan to‘xtamang, yangiliklarni o‘rganing, o‘z ustingizda ishlang. Orzu qilishdan qo‘rqmang va unga erishish yo‘lida olg‘a intiling, shunda albatta maqsadingizga yetasiz” deya ta’kidlab o‘tdi.
© Senat Oliy MajlisaV Senate s uchastiyem detey pogibshix zashitnikov Rodini sostoyalos prazdnichnoe meropriyatie, posvashonnoe 1-iyunya –Mejdunarodnomu dnyu zashiti detey

V Senate s uchastiyem detey pogibshix zashitnikov Rodini sostoyalos prazdnichnoe meropriyatie, posvashonnoe 1-iyunya –Mejdunarodnomu dnyu zashiti detey
© Senat Oliy Majlisa
“Mamlakatimizda xizmat vazifasini ado etish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilalarini qo‘llab-quvvatlash va ularni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Mudofaa vazirligi tomonidan 2024-yilda 64 nafar, 2025-yilda esa 47 nafar harbiy xizmatchining farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tavsiyanomalar berildi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Qayd etilishicha, halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va farzandlari harbiy shifoxonalarda muntazam tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilmoqda, zarur hollarda davolanishlari ta’minlanmoqda. Halok bo‘lgan harbiylarning 15 nafar oila a’zosi uchun sanatoriylarda bepul dam olish tashkil etilgan. Yozgi davrda esa 37 nafar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida bepul hordiq chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
© Senat Oliy Majlisa

1/6
© Senat Oliy Majlisa
© Senat Oliy Majlisa

2/6
© Senat Oliy Majlisa
© Senat Oliy Majlisa

3/6
© Senat Oliy Majlisa
© Senat Oliy Majlisa

4/6
© Senat Oliy Majlisa
© Senat Oliy Majlisa

5/6
© Senat Oliy Majlisa
© Senat Oliy Majlisa

6/6
© Senat Oliy Majlisa
1/6
© Senat Oliy Majlisa
2/6
© Senat Oliy Majlisa
3/6
© Senat Oliy Majlisa
4/6
© Senat Oliy Majlisa
5/6
© Senat Oliy Majlisa
6/6
© Senat Oliy Majlisa