Rossiyaning Bransk viloyatidagi ko‘prik portlatildi — viloyat gubernatori

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishObrushenie mosta na passajirskiy poyezd v Branskoy oblasti
Obrushenie mosta na passajirskiy poyezd v Branskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2025
Obuna bo‘lish
Aleksandr Bogomaz: Bransk viloyatidagi ko‘prik portlatildi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Rossiyaning Bransk va Kursk viloyatlarida yo‘lovchi va yuk poyezdi halokatga uchradi, halok bo‘lganlar va jabrlanganlar bor, deya xabar berdi RIA Novosti.
Bransk viloyatida yo‘lovchi poyezdi ustidagi ko‘prikning qulashi bo‘yicha berilgan xabarga ko‘ra, "Klimov - Moskva" yo‘nalishidagi 86-sonli yo‘lovchi poyezdi Moskva vaqti bilan soat 22:44 da transport faoliyatiga noqonuniy aralashuv tufayli yo‘ldan chiqib ketgan.
Viloyat gubernatori Aleksandr Bogomaz poyezd harakati vaqtida avtomobil ko‘prigi portlatilganini ma’lum qildi. Ko‘prik konstruksiyalari uning ostidan o‘tayotgan tarkib ustiga qulab tushdi. Poyezd vagonlaridan biri ezilgan bo‘lib chiqdi.
Yetti kishi halok bo‘ldi, 66 kishi yaralandi. 47 kishi, jumladan, uch nafar bola shifoxonaga yotqizilgan. Sakkiz oylik chaqaloq og‘ir ahvolda, u Moskvaga olib ketiladi.
Avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlariga 180 ga yaqin kishi va 60 ta texnika jalb qilingan. Jabrlanganlarni tashish uchun shoshilinch tez yordam brigadalari tashkil etilgan, rasmiylar og‘ir jarohatlanganlarni aviatsiya orqali Moskvaga yetkazishni tashkil etishga tayyor.
© RIA Novosti / Moskovskaya transportnaya prokuratura / Mediabankka o‘tishObrushenie jeleznodorojnogo mosta v Kurskoy oblasti
Obrushenie jeleznodorojnogo mosta v Kurskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2025
Obrushenie jeleznodorojnogo mosta v Kurskoy oblasti
Kursk viloyatida yuk poyezdi bilan ko‘prik tunda Trosna - Kalinovka trassasining 48-kilometrida yuk lokomotivi harakati paytida qulab tushgan. Poyezdning bir qismi avtomobil yo‘liga qulab tushdi. Teplovozda yong‘in boshlanib, zudlik bilan o‘rab olingan. Mashinistlardan birining oyoqlari shikastlangan, butun brigada kasalxonaga olib ketilgan. Hodisa uzoq masofali poyezdlar harakatiga ta’sir qilmagan.
Yangiliklar lentasi
0