Moskvada Mukarrama Turg‘unboyeva tavalludining 112-yilligi nishonlandi

© SputnikV Moskve otmetili 112-yu godovshinu so dnya rojdeniya Mukarram Turgunbayevoy
V Moskve otmetili 112-yu godovshinu so dnya rojdeniya Mukarram Turgunbayevoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2025
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
VDNX bog‘idagi “O‘zbekiston” pavilonida bo‘lib o‘tgan konsertda "Nilufar" - o‘zbek raqs ansambli o‘z repertuaridagi eng sara raqslarni ijro etishdi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Moskvada Mukarram Turg‘unboyeva tavalludining 112-yilligi nishonlandi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
VDNX bog‘idagi “O‘zbekiston” pavilonida bo‘lib o‘tgan konsertda "Nilufar" - o‘zbek raqs ansambli o‘z repertuaridagi eng sara raqslarni ijro etishdi: "O‘zbekiston yulduzlari", "Tanovar", "Munojot", "Asta-asta" va boshqalar.
Razan shahridagi “Vse svoi” musiqiy guruhi mashhur o‘zbek qo‘shiqlarini ijro etib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Moskva davlat tilshunoslik universitetida o‘zbek tili fakultetida tahsil olayotgan talabalar o‘zbek tilida qo‘shiq kuylashdi, Botir Zokirovning “Maftun bo‘ldim” qo‘shig‘iga raqs ijro etishdi.
Konsert yakunida O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi maslahatchisi Bahodir Nazarov so‘zga chiqib, Mukarrama Turg‘unboyeva ijodi haqida gapirdi.
© Sputnik
V Moskve otmetili 112-yu godovshinu so dnya rojdeniya Mukarram Turgunbayevoy - Sputnik O‘zbekiston
1/8
© Sputnik
V Moskve otmetili 112-yu godovshinu so dnya rojdeniya Mukarram Turgunbayevoy - Sputnik O‘zbekiston
2/8
© Sputnik
V Moskve otmetili 112-yu godovshinu so dnya rojdeniya Mukarram Turgunbayevoy - Sputnik O‘zbekiston
3/8
© Sputnik
V Moskve otmetili 112-yu godovshinu so dnya rojdeniya Mukarram Turgunbayevoy - Sputnik O‘zbekiston
4/8
© Sputnik
V Moskve otmetili 112-yu godovshinu so dnya rojdeniya Mukarram Turgunbayevoy - Sputnik O‘zbekiston
5/8
© Sputnik
V Moskve otmetili 112-yu godovshinu so dnya rojdeniya Mukarram Turgunbayevoy - Sputnik O‘zbekiston
6/8
© Sputnik
V Moskve otmetili 112-yu godovshinu so dnya rojdeniya Mukarram Turgunbayevoy - Sputnik O‘zbekiston
7/8
© Sputnik
V Moskve otmetili 112-yu godovshinu so dnya rojdeniya Mukarram Turgunbayevoy - Sputnik O‘zbekiston
8/8
1/8
2/8
3/8
4/8
5/8
6/8
7/8
8/8
“Mukarrama Turg‘unboyeva tufayli milliy o‘zbek raqsi jahonga tanildi va bizning boy va o‘ziga xor ma’naviy an’analarimiz timsoliga aylandi. U kishining ijodi shunchaki raqs emas, balki xalqimizning his-tuyg‘ulari va orzulari hamda ona vatan go‘zalligi haqidagi hikoyadir. U kishi sahnalashtirgan asarlar o‘z uyg‘unligi, shakllar nafisligi va chuqur mazmuni bilan tomoshabinlarni hayratga solgan”, — dedi Nazarov.
Tadbir MGLU qoshidagi O‘zbek tili va madaniyati markazi tomonidan O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida tashkil etildi.
O‘zbek milliy raqsi mutaxassisi, xoreograf Mukarrama Turg‘unboyeva 1957-yilda afsonaviy "Bahor" ansambliga asos solgan edi. U kishi 200 dan ortiq milliy raqslarni sahnalashtirgan. Ularning har birida nafaqat o‘zbek xalqining ruhi, balki o‘lkaning ko‘p asrlik tarixi musiqa va harakat orqali bayon etilgan. Urushdan o‘z yaqinlarini kutayotgan ayollarga bag‘ishlangan "Tanovar" raqs poemasi eng yorqin asarlardan biridir. "Bahor" raqs ansambli 1957-yilda tuzilgan. 2020-yilda "Bahor" ansambli qayta tashkil etildi.
Vladimir Mulyavin, xudojestvenniy rukovoditel vokalno-instrumentalnogo ansamblya Pesnyari. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2023
San’at sohasida oliy unvon — “SSSR xalq artisti” kimlarga berilgan
Yangiliklar lentasi
0