Bolaga gadjetlar bilan sog‘lom munosabat o‘rnatishda qanday yordam berish mumkin?
© Depositphotos / DmitrimarutaSemya s internet zavisimostyu

© Depositphotos / Dmitrimaruta
Obuna bo‘lish
BMT mutaxassisi ota-onalarga bir qator maslahatlar berdi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ota-onalarga bolalar bilan texnologiyalardan foydalanish xavfini muhokama qilishni maslahat berdi.
Ota-onalar ko‘pincha farzandlarini onlayn makonda qanday himoya qilishni, internet va raqamli qurilmalar bilan bog‘liq xavf va imkoniyatlarni qanday muvozanatlashni bilishmaydi. Ba’zida ota-onalar farzandlari komputer yoki planshetda o‘tirib nima bilan shug‘ullanayotganini har doim ham tushunishmaydi.
1 iyun - Butunjahon ota-onalar kuni munosabati bilan BMT mutaxassisi bir qator maslahatlar berdi.
"Bolaga uning qurilmalari haqida xuddi o‘yinchoqlar yoki maktab haqida so‘raganingiz kabi savollar bering. Ularga nima yoqishi, nima yoqmasligi, ulardan qanchalik tez-tez foydalanishi va nima qilishi haqida bilib oling", — deyiladi xabarda.
shuningdek, bolalar bilan texnologiyalardan foydalanish xavfini muhokama qilish tavsiya etildi.
"Ular bilan sizni tashvishga solayotgan narsalar haqida, masalan, qurilmalar mashg‘ulotlarga xalaqit berayotgani yoki internetda faqat kattalar uchun mo‘ljallangan va bolani jarohatlashi mumkin bo‘lgan kontent borligi haqida samimiy suhbatlashing", — deya aniqlik kiritilgan xabarda.
Aytilishicha, bolalarga agar ular tarmoqda muammolarga duch kelishsa, istalgan daqiqada sizga murojaat qilishlari mumkinligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tez-tez eslatib turish muhimdir.
1.
Chuqur muammolar bo‘lishi mumkinligini unutmang. Muhimi, hamma narsada texnologiyani ayblamaslik kerak, ular o‘z-o‘zidan neytral.2.
Internetda o‘zini tutishning aniq qoidalarini o‘rnating. Bunday qoidalarni joriy etish uchun, avvalo, o‘zingiz uchun bir qator savollarga javob bering.3.
Texnologiyadan xoli hududlar yarating. Shu bilan birga, bu joy ham, vaqt ham bo‘lishi mumkin.4.
Kontentni nazorat qiling. Farzandlaringiz internetda oladigan kontent ularning yoshi va rivojlanish darajasiga mos kelishiga ishonch hosil qilish muhimdir.5.
Texnologiyalarni birgalikda o‘rganing. Internetdan muntazam ravishda birgalikda foydalanish amaliyotini joriy eting.6.
Agar siz ota-ona nazoratini, filtrlarni o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz yoki farzandingiz internetda nima qilayotganini kuzatmoqchi bo‘lsangiz, uni bu haqda ogohlantiring va qaroringizni tushuntiring.7.
Farzandlaringiz uchun sog‘lom odatlarni modellashtiring. Jamoa sifatida harakat qiling. Ota-onalar ham ekran qarshisida o‘z vaqtlarini cheklashlari muhim.8.
Texnologiyadan foydalanishni o‘yin, ko‘ngilochar yoki ijodiy jarayonga aylantiring. Bu bevosita o‘yinlarni o‘z ichiga olishi mumkin.Shunday qilib, siz texnologiyalardan sog‘lom foydalanishni rag‘batlantirasiz va qaramlik manbai va vaqtni behuda o‘tkazish usuli o‘rniga, ular bolangizning dunyoqarashini kengaytirishga imkon beradigan muhim vositaga aylanadi.