O‘zbekistonda Rossiya madaniyati kunlari qanday o‘tdi — video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
29 may kuni Toshkentda Rossiya kinofestivali, rossiyalik estrada yulduzlarining konsertlari va fotoko‘rgazmani o‘zida jamlagan Rossiya madaniyati kunlari boshlandi. Madaniyat kunlari Samarqandda ham davom etdi.
29 may kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tgan Rossiya Federatsiyasi xalq artisti Sergey Jilin boshchiligidagi rossiyalik yetakchi estrada ijrochilarining “Fonograf-Simfo-Jaz” orkestri bilan birgalikdagi konserti Toshkent aholisi va mehmonlari uchun unutilmas sovg‘a bo‘ldi. Unda taniqli musiqachilar, jumladan, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan artistlar Pelageya va Sergey Volchkov, Tataristonda xizmat ko‘rsatgan artist Elmira Kalimullina, “Golos” tanlovi, Yoshlar Delfi o‘yinlari g‘oliblari va boshqa iste’dodli ijrochilar ishtirok etdi.
“Madaniyat yumshoq kuch va bu kuchdan barcha insonlar manfaati uchun, ikki xalqimiz manfaati uchun foydalanish kerak. Biz muloqot qilishimiz, do‘st bo‘lishimiz kerak”, - dedi Rossiya Federatsiyasi xalq artisti Sergey Jilin.
Konsert barchaga unutilmas tuyg‘ular va ajoyib kayfiyat bag‘ishladi. Zaldagi tomoshabinlar baland ovozda qarsak chalib, mashhur qo‘shiqlarni birga kuylashdi. Konsertdan so‘ng esa sozandalar Toshkentda iliq kutib olishayotgani haqida iliq so‘zlarni aytishdi.
“Men O‘zbekistonda konsert berishni anchadan beri orzu qilardim. Ikki yil avval shu yerda bo‘lganman. O‘shandan beri o‘z ijodimni O‘zbekiston xalqi bilan baham ko‘rishni orzu qilardim. Mana bugun shu kun keldi. Taklif qilishganida, darhol rozi bo‘ldim, chunki men uchun bu haqiqatan ham juda muhim edi. Ajoyib qabul va iliq tomoshabinlar bo‘lganiga qaramay, birinchi marta bo‘lgani uchun bugun hayajonlandim”, - dedi Pelageya.
Shuningdek, Toshkentdagi madaniyat kunlari doirasida Rossiya kino festivali o‘tkazildi. Namoyishlar O‘zbekiston Milliy kinematografiya saroyida bo‘lib o‘tdi. Festivalning ochilishida Rossiya Madaniyat vaziri Olga Lyubimova va O‘zbekiston Kinematografiya agentligi rahbari Shuhratilla Rizayevlar ishtirok etishdi.
Rossiya kinofestivalini rejissor Maksim Briusning “Qon guruhi” yangi jangovar dramasi ochib berdi. U “Cheklov muddatisiz” loyihasi doirasida yaratilgan bo‘lib, Ulug‘ Vatan urushi yillariga bag‘ishlangan. Filmning premyerasi G‘alaba kuni arafasida, 8-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tdi. Toshkentda uni yosh aktrisa Yekaterina Domashenko taqdim etdi.
Bundan tashqari, “Madaniy komediya”, “To‘tiqush Keshaning qaytishi”, “Fedya. Xalq futbolchisi”, “9 soniya” kabi filmlar o‘zbekistonlik tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.
Tadbirlar Rossiya va O‘zbekiston Madaniyat vazirliklari ko‘magida o‘tkazildi.
Batafsil Sputnik O‘zbekiston videosida tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0