Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida qanday takliflarni ilgari surdi?
11:20 31.05.2025 (yangilandi: 11:25 31.05.2025)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v sammite v formate "Sentralnaya Aziya – Italiya" v Astane.

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbari "Markaziy Osiyo - Italiya" formatidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z qarashlarini bayon etdi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 30-may kuni Ostona shahrida "Markaziy Osiyo – Italiya" sammitida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida o‘tkazilgan tadbirda Italiya bosh vaziri Jorja Meloni, Qirg‘iz respublikasi prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v sammite v formate "Sentralnaya Aziya – Italiya" v Astane.

Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v sammite v formate "Sentralnaya Aziya – Italiya" v Astane.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Uchrashuvda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Italiya o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, investitsiya va texnologiyalar, "yashil" iqtisodiyot sohalarida sheriklikni rivojlantirish, ta’lim va madaniy dasturlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v sammite v formate "Sentralnaya Aziya – Italiya" v Astane.

Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v sammite v formate "Sentralnaya Aziya – Italiya" v Astane.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
O‘zbekiston rahbari "Markaziy Osiyo - Italiya" formatidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z qarashlarini bayon etdi.
Qator dolzarb xalqaro masalalar yuzasidan yondashuvlarni muvofiqlashtirish uchun tashqi ishlar vazirliklari darajasida muntazam muloqotlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, terrorizm, ekstremizm, radikalizm, giyohvand moddalar savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashda ko‘p tomonlama sheriklik va maxsus xizmatlarning axborot almashish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish taklif etildi.
Italiya ishbilarmon doiralarining innovatsion rivojlanish borasida an’anaviy kuchli mavqeyini hisobga olib, mamlakatlar savdo-sanoat palatalari shafeligida biznes muloqoti uchun doimiy maydon - "Markaziy Osiyo - Italiya" ishbilarmonlar klubini tashkil etish taklif qilindi.
O‘zbekiston prezidenti texnologiyalar transferi, ilg‘or bilim va tajribalarni joriy etish, yuqori texnologiyali sanoat ishlab chiqarishlarini tashkil etish uchun qulay sharoitlarni yaratishni nazarda tutuvchi ko‘p tomonlama Sanoat va texnologik hamkorlik dasturini ishlab chiqish va qabul qilish muhimligini ta’kidladi.
Mavjud muvaffaqiyatli tajribani hisobga olib, mineral resurslar va qishloq xo‘jaligi xomashosini chuqur qayta ishlash; elektrotexnika, kimyo, to‘qimachilik, charm, oziq-ovqat va boshqa qayta ishlash tarmoqlari uchun zamonaviy uskunalar ishlab chiqarish; butlovchi qismlar va sanoat mahsulotlarini mahalliylashtirish; Italiyaning yetakchi brendlari ishtirokida dizayn markazlarini tashkil etish hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘lishi mumkinligi qayd etildi.
O‘zbekiston yetakchisi uglerod chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha milliy dasturlarni amalga oshirishga ko‘maklashadigan ko‘p tomonlama platformani yo‘lga qo‘yish orqali keng qamrovli sheriklikni rivojlantirishga chaqirdi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga "yashil" energiya yetkazib berish, Italiyaning yetakchi ishlab chiqaruvchilari va muhandislik kompaniyalarini jalb etgan holda korxonalarni auditdan o‘tkazish va energiya samaradorligini oshirish, suv infratuzilmasi obyektlarini modernizatsiya qilish va vodorod texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga tayyorlik bildirildi.
O‘zbekiston prezidenti muhandislik, dizayn, suv tejamkorligi va biotexnologiyalar kabi yo‘nalishlarda ilmiy ishlanmalar, akademik almashinuv va kadrlar tayyorlash dasturlarini amalga oshirish va moliyalashtirish uchun "Markaziy Osiyo - Italiya" ilmiy-ta’lim konsorsiumini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.
Yetakchi turoperatorlar o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish va qo‘shma sayyohlik mahsulotlarini yaratish maqsadida turizm alyansini tashkil etishdan manfaatdorlik bildirildi.
Kelgusi yili Xiva shahrida mintaqa mamlakatlari va Italiya yoshlarining kreativ iqtisodiyot va madaniy almashinuv forumini o‘tkazish taklif qilindi.
Sammitda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari va Italiya bosh vaziri ham nutq so‘zladi. Tadbir yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v sammite v formate "Sentralnaya Aziya – Italiya" v Astane.

Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v sammite v formate "Sentralnaya Aziya – Italiya" v Astane.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shundan so‘ng Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi. Aeroportda prezidentni Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari – milliy iqtisodiyot vaziri Serik Jumangarin va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev zavershil svoy rabochiy vizit v Astanu i otbil v Tashkent.

Prezident Shavkat Mirziyoyev zavershil svoy rabochiy vizit v Astanu i otbil v Tashkent.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana