Toshkentda rassom Ahmadjon Orinovning "Yetti makon" ko‘rgazmasi ochildi
Toshkentda rassom Ahmadjon Orinovning "Yetti makon" ko‘rgazmasi ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Ko‘rgazma muallifning 70 yosh munosabati bilan uyushtirilgan bo‘lib, unda ustaning 60 tadan ortiq asari namoyish etilmoqda. 30.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
29 may kuni Toshkent Fotosuratlar uyida rassom va sahna bezakchisi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi Ahmadjon Orinovning "Yetti makon" nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.Ahmadjon Orinov 1955-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1974-1980 yillarda Toshkent teatr va rassomlik institutida tahsil olgan. Turli teatrlarda sahna bezakchisi va rassom sifatida faoliyat yuritgan. Hozirda u Kamoliddin Behzod nomidagi MRDIning Teatr rangtasviri kafedrasida dotsent sifatida ishlab kelmoqda.
Ko‘rgazma muallifning 70 yosh munosabati bilan uyushtirilgan bo‘lib, unda ustaning 60 tadan ortiq asari namoyish etilmoqda.
29 may kuni Toshkent Fotosuratlar uyida rassom va sahna bezakchisi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi Ahmadjon Orinovning "Yetti makon" nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.
Ahmadjon Orinov 1955-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1974-1980 yillarda Toshkent teatr va rassomlik institutida tahsil olgan. Turli teatrlarda sahna bezakchisi va rassom sifatida faoliyat yuritgan. Hozirda u Kamoliddin Behzod nomidagi MRDIning Teatr rangtasviri kafedrasida dotsent sifatida ishlab kelmoqda.
Uning asarlarida harakat, xotira va aniq tasviriy kuvvat uyg‘unlashib, afsona, tarixiy qahramonlar va me’moriy obidalar obrazlari orqali o‘tmish va bugunni bog‘laydi.
Rassom asarlarida rang yetakchi rol o‘ynab, uning asarlarida Sharq miniaturalarining aks-sadolari, ekspressionizm va Markaziy Osiyo madaniy kodlari his etiladi.