15 mingdan ortiq yer uchastkasini noqonuniy egallab olish holati aniqlandi
17:53 30.05.2025 (yangilandi: 18:10 30.05.2025)
CC0 / Unsplash / Gene Jeter / Zabor s kolyuchey provolokoy

Obuna bo‘lish
Nazorat tadbirlari doirasida 11 873 kishi ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. 2025 yil 1-may holatiga respublika bo‘yicha yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallash bilan bog‘liq 15 826 ta holat (872,9 gektar) aniqlandi, deb xabar qildi Kadastr agentligi.
Shundan:
10041 holatda qonunbuzarlik ixtiyoriy bartaraf etilgan;
2814 holatda sudlarga da’vo arizalari kiritilgan;
384 holatda jinoyat alomatlari kuzatilgani sabab ish prokuraturaga yuborilgan.
Olib borilgan nazorat tadbirlari doirasida 11 873 kishi ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Sug‘oriladigan yerni o‘zboshimchalik bilan egallab, unda qurilish qilsa yoki sug‘oriladigan yerni sotish yoki uni qonunga xilof tarzda o‘zgaga bersa — jinoiy javobgarlik yuzaga keladi, deb eslatmoqda agentlik.
Shuningdek, 2025-yilda respublika bo‘yicha yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish bilan bog‘liq 2392 ta holat aniqlanib, 2 389 ta holat yuzasidan hokimliklarga taqdimnomalar kiritilgan.

Ma’lumot uchun, respublika bo‘yicha 937-sonli qonun doirasida xatlov ishlari amalga oshirilmoqda. Unda 2018-yil 1-mayga qadar huquqiy hujjatsiz (yoki hujjatdan ortiqcha) yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, yakka tartibda qurilgan turar joylarga egalik huquqini berish nazarda tutilgan.