https://oz.sputniknews.uz/20250530/farrux-zokirov-rossiya-dostlik-ordeni-49611420.html
Farrux Zokirovga Rossiyaning “Do‘stlik” ordeni topshirildi
Farrux Zokirovga Rossiyaning “Do‘stlik” ordeni topshirildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Xalq artisti Farrux Zokirovga Rossiya Federatsiyasining “Do‘stlik” ordeni topshirildi. Ordenni topshirish marosimi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning Madaniyat bo‘yicha quyi komissiyasining beshinchi majlisida bo‘lib o‘tdi.
2025-05-30T12:36+0500
2025-05-30T12:36+0500
2025-05-30T12:53+0500
madaniyat
o‘zbekiston - rossiya
ozodbek nazarbekov
uchrashuv
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/1e/49610922_96:193:1185:805_1920x0_80_0_0_52d35ff4efde4b25f6a26f17df14409f.jpg
TOShKENT, 30-may — Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovga Rossiya Federatsiyasining “Do‘stlik” ordeni topshirildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Ordenni topshirish marosimi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning Madaniyat bo‘yicha quyi komissiyasining beshinchi majlisida bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi.Shuningdek, ikki mamlakat xalqlari farovonligi yo‘lida madaniy sohadagi almashinuv va hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishni davom ettirishga kelishib oldilar.Eslatib o‘tamiz, 2024-yil noyabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston san’atkorlarini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. Hujjatga muvofiq, “Yalla” ansambli badiiy rahbari Farrux Zokirov va “O‘zbekkonsert” artisti Sevara Nazarxonova “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangandi. “Do‘stlik” ordeni 1994-yil ta’sis etilgan. U Rossiya va chet el fuqarolariga xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashdagi xizmatlari, fan va madaniyat sohasidagi yutuqlari uchun beriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20231028/tatariston-raisi-farrux-zokirovga-xalq-artisti-unvonini-berdi-40431491.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/1e/49610922_175:157:1106:856_1920x0_80_0_0_aa43c93bb8508c8f550ed68328ef67fa.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
farrux zokirov rossiya “do‘stlik” ordeni
farrux zokirov rossiya “do‘stlik” ordeni
Farrux Zokirovga Rossiyaning “Do‘stlik” ordeni topshirildi
12:36 30.05.2025 (yangilandi: 12:53 30.05.2025) “Do‘stlik” ordeni Rossiya va chet el fuqarolariga xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashdagi xizmatlari, fan va madaniyat sohasidagi yutuqlari uchun beriladi.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovga Rossiya Federatsiyasining “Do‘stlik” ordeni topshirildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Ordenni topshirish marosimi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning Madaniyat bo‘yicha quyi komissiyasining beshinchi majlisida bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi.
Vazirlar Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, ikki mamlakat xalqlari farovonligi yo‘lida madaniy sohadagi almashinuv va hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishni davom ettirishga kelishib oldilar.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil noyabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston san’atkorlarini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni
imzolagandi. Hujjatga muvofiq, “Yalla” ansambli badiiy rahbari Farrux Zokirov va “O‘zbekkonsert” artisti Sevara Nazarxonova “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangandi.
“Do‘stlik” ordeni 1994-yil ta’sis etilgan. U Rossiya va chet el fuqarolariga xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashdagi xizmatlari, fan va madaniyat sohasidagi yutuqlari uchun beriladi.