https://oz.sputniknews.uz/20250529/ozbekiston-ozarbayjon-oliy-talim-hujjat-49587384.html
O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari 60 taga yaqin hujjat imzoladi
O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari 60 taga yaqin hujjat imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘rtasida 60 ga yaqin hamkorlik hujjati imzolandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
2025-05-29T13:16+0500
2025-05-29T13:16+0500
2025-05-29T13:16+0500
jamiyat
o‘zbekiston
ozarbayjon
oliy ta’lim muassasalari
oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
hamkorlik
talabalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/1d/49587196_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_b51a0317394e8c17e7a88afc01513e48.jpg
TOShKENT, 29-may — Sputnik. O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘rtasida 60 taga yaqin hamkorlik hujjati imzolandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. O‘zbekistonda “O‘zbekiston – Ozarbayjon: oliy ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari I forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Ozarbayjon fan va ta’lim vaziri o‘rinbosari Idris Isayev hamda ikki davlat oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi. Aytilishicha, forum doirasida o‘tkazilgan yalpi majlisda akademik almashinuv, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy-tadqiqot loyihalari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi va tajriba almashildi. O‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvlarda amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslar muhokama qilindi. Shuningdek, anjuman dasturiga muvofiq, ikki mamlakat vakillari do‘stlik ramzi sifatida va “Yashil makon” loyihasiga hissa qo‘shish maqsadida daraxt ko‘chatlarini o‘tqazishdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250505/ozbekiston-ozarbayjon-olimlar-sabzavotchilik-hamkorlik-49196463.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/1d/49587196_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_760e0dd88a40b6498a50d033a1050081.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
o‘zbekiston ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari 60 taga yaqin hujjat imzoladi
O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari hamkorlik boshladi
TOShKENT, 29-may — Sputnik. O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘rtasida 60 taga yaqin hamkorlik hujjati imzolandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
xabar berdi. O‘zbekistonda “O‘zbekiston – Ozarbayjon: oliy ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari I forumi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Ozarbayjon fan va ta’lim vaziri o‘rinbosari Idris Isayev hamda ikki davlat oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
“Muzokaralar natijasida 60 taga yaqin anglashuv memorandumi, hamkorlik bitimi va yo‘l xaritalari imzolandi. Ushbu hujjatlar ta’lim va ilm-fan sohasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, forum doirasida o‘tkazilgan yalpi majlisda akademik almashinuv, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy-tadqiqot loyihalari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi va tajriba almashildi.
O‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvlarda amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslar muhokama qilindi.
Shuningdek, anjuman dasturiga muvofiq, ikki mamlakat vakillari do‘stlik ramzi sifatida va “Yashil makon” loyihasiga hissa qo‘shish maqsadida daraxt ko‘chatlarini o‘tqazishdi.