Mudofaa vazirligi iqtidorli yoshlarning innovatsion ishlanmalarini yo‘lga qo‘yishga yordam beradi
© Ministerstvo oboroni Respubliki UzbekistanV "Parke Pobedi" nachalsya festival "MSITF – 2025"

© Ministerstvo oboroni Respubliki Uzbekistan
Obuna bo‘lish
Toshkentda mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Toshkentdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar (MSITF) festivali boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti ma’lum qildi.
Festivalda Qurolli kuchlarga zarur bo‘lgan zamonaviy texnologiyalar, metallurgiya, kimyo sanoati hamda tekstil sohasidagi korxonalar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.
Festival maqsadi:
innovatsion g‘oyalarni amaliyotda sinovdan o‘tkazish;
yoshlar o‘rtasida zamonaviy texnologiyalarga qiziqishni yanada kuchaytirish va muhandislik sohalariga keng jalb qilish;
ishlab chiqaruvchi mahalliy korxona va tashkilotlarni mudofaa sanoati sohasiga yo‘naltirish.
© Ministerstvo oboroni Respubliki UzbekistanV "Parke Pobedi" nachalsya festival "MSITF – 2025"

V "Parke Pobedi" nachalsya festival "MSITF – 2025"
© Ministerstvo oboroni Respubliki Uzbekistan
Ochilish marosimida O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Shuhrat Xalmuxamedov so‘zga chiqdi. Uning qayd etishicha, O‘zbekiston harbiy-texnik sohada 50 taga yaqin davlatlar bilan hamkorlik o‘rnatib, 30 tadan ortiq ilg‘or xorijiy kompaniya bilan shartnomalar imzolagan.
© Ministerstvo oboroni Respubliki UzbekistanV "Parke Pobedi" nachalsya festival "MSITF – 2025"

V "Parke Pobedi" nachalsya festival "MSITF – 2025"
© Ministerstvo oboroni Respubliki Uzbekistan
Shuningdek, 40 ta mahalliy korxonalar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari 155 taga yetkazilib, xizmat ko‘rsatish 2,5 barobarga oshirildi.
Festivalning bu yilgi tadbirlari doirasida zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnikalar, robototexnikalar, kimyo-texnologiyalari, kon-metallurgiya sohasi hamda harbiy va ikki xil maqsadlarga mo‘ljallangan maxsulotlar ko‘rgazmasi namoyish etiladi.
Shuningdek, ko‘rgazma doirasida ishtirokchi kompaniyalar ishtirokida muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Festival doirasida yoshlar o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlarda musobaqalar o‘tkaziladi:
“Kiber sport”, “Xakerlik ustasi”, “Dasturlash”;
“3D modellashtirish texnologiyalari”, “Robotlar jangi”, “Uchuvchisiz uchish apparatlarini loyihalashtirish”;
“Raketamodel”, “Dron-reysing” va “Kelajak transport texnologiyalari robototexnikasi”.
“Festivalda saralab olingan iqtidorli yoshlar va fuqarolarga kelgusida Mudofaa sanoati korxona va zavodlarida o‘zlarining ishlanmalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishlari va ishga joylashishlari uchun keng imkoniyatlar yaratiladi”, — deyiladi xabarda.
Festival tadbirlari 1-iyunga qadar davom etadi.
© Ministerstvo oboroni Respubliki Uzbekistan

1/8

2/8

3/8

4/8

5/8

6/8

7/8

8/8