Yuk stansiyalari Toshkent hududidan tashqariga chiqariladi

© Sputnik / Baxrom XatamovJeleznodorojnie vagoni
Jeleznodorojnie vagoni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2025
Obuna bo‘lish
Yuk stansiyalari poytaxt hududidan tashqariga chiqariladi.
TOShKENT, 28-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev temir yo‘llarni rivojlantirishga qaratilgan taqdimot bilan tanishdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Aytilishicha, tranzit yuklarini tashish quvvatini kelgusi yillarda 40 foizga oshirish orqali daromadni 2 karra ko‘paytirish mumkin.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o merax po razvitiyu jeleznodorojnoy otrasli.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o merax po razvitiyu jeleznodorojnoy otrasli. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o merax po razvitiyu jeleznodorojnoy otrasli.
“Masalan, ilk bor Xitoy – Turkiya yo‘nalishi bo‘yicha yuk poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Yurtimizda yangi poyezdlar olib kelinib, qatnovlar yildan yilga ko‘paymoqda. Shu bois temir yo‘l infratuzilmasi o‘tkazuvchanligini izchil oshirib borish zarurligi ta’kidlandi”, — deyilgan xabarda.
Bu masala, ayniqsa, Toshkent atrofida dolzarbligi qayd etildi. Hozir tashqi yuklarning 70 foizi “Chuqursoy” stansiyasi orqali tashilmoqda. Ba’zan bunga bir necha kun vaqt sarflanib, ortiqcha xarajat va navbatga sabab bo‘layapti.
“Shu bois yuk stansiyalarini poytaxt hududidan tashqariga chiqarish, Yangiyo‘l tumani va Yangi Toshkent yaqinida yirik stansiyalar barpo etish taklif qilinmoqda. Shuningdek, poytaxtimizni aylanib o‘tuvchi “Ozodlik – Yangiyer” temir yo‘li qurilishi ko‘zda tutilgan. Natijada Farg‘ona vodiysi bilan boshqa viloyatlar o‘rtasidagi yuk tashuvlari Toshkent shahriga kirmasdan amalga oshiriladi”, — deya qayd etilgan xabarda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o merax po razvitiyu jeleznodorojnoy otrasli.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o merax po razvitiyu jeleznodorojnoy otrasli. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o merax po razvitiyu jeleznodorojnoy otrasli.
Yangi loyihalardan yana biri Samarqand – Urgut yo‘li. Hozirda ishlar boshlanib, 7 kilometr temir izlar yotqizilgan. Bu yo‘nalish uzunligi jami 54 kilometr bo‘lib, 2 ta vokzal, “Urgut” iqtisodiy zonasida 2 ta yuk stansiyasi quriladi.
Mutasaddilar, shuningdek, elektropoyezdlar olib kelish, xizmat sifatini yaxshilash rejalari bo‘yicha axborot berdi.
Yangiliklar lentasi
0