Madaniyat va san’at yo‘nalishidagi startap loyihalar uchun ijodiy grantlar ajratiladi

© Ministerstvo kulturi Rossiyskoy FederatsiiKak proxodat Dni uzbekskoy kulturi v Rossii
Kak proxodat Dni uzbekskoy kulturi v Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2025
Obuna bo‘lish
Ijodiy grantlar BHMning 100 baravarigacha bo‘lgan miqdorda ajratiladi.
TOShKENT, 28-may — Sputnik. Madaniyat va san’at yo‘nalishidagi "Start-Up" loyihalari uchun BHMning 100 baravarigacha miqdorida ijodiy grantlar ajratiladi. Bu haqda “Ijodkor yoshlarni ko‘llab-kuvvatlash va rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarorida nazarda tutilgan.
Madaniyat va san’at sohasida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida quyidagilar yo‘lga qo‘yiladi:
ijodkor yoshlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yagona platforma joriy etiladi hamda "ERP madaniyat" yagona boshqaruv tizimiga integratsiya qilinadi;
madaniyat sohasida sun’iy intellektdan hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha "Ijodiy texnolaboratoriya" tashkil etiladi;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida "Ijodkor yoshlar klubi" faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
"Madaniyat volontorlari" ijtimoiy harakati faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, har yili jahonning kamida 4 nafar yetakchi mutaxassislari va taniqli san’atkorlari o‘quv jarayonlariga jalb etiladi hamda kamida 4 nafar ijodkor yoshlar xorijiy mamlakatlarga tajriba almashish uchun yuboriladi.
“Madaniyat va san’at yo‘nalishidagi "Start-Up" loyihalari uchun BHMning 100 baravarigacha miqdorida ijodiy grantlar ajratish choralari ko‘riladi”, — deyilgan hujjat matnida.
2026 yildan Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yillik kalendar-reja asosida yoshlar uchun tanlov va festivallar tashkil etiladi.
Konsert na seremonii pozdravleniya jenshin s 8-marta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2025
Konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanadi
Yangiliklar lentasi
0