Yevroosiyoda barcha uchun teng yangi xavfsizlik arxitekturasi bo‘lishi kerak — Putin
15:05 28.05.2025 (yangilandi: 15:06 28.05.2025)
Obuna bo‘lish
Putin: qit’amizni tinchlik va barqarorlik makoniga, barqaror iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyot namunasiga aylantirish muhimdir.
TOShKENT, 28-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun Moskvada bo‘lib o‘tayotgan Xavfsizlik bo‘yicha oliy vakillarning 13-xalqaro yig‘ilishi ishtirokchilariga murojaat qilib, Yevroosiyoda yangi xavfsizlik arxitekturasini qurishga chaqirdi.
Rossiya davlat rahbarining asosiy bayonotlari:
Rossiyaning yondashuvi qat’iy va o‘zgarishsiz: yangi xavfsizlik arxitekturasi — teng va bo‘linmas bo‘lishi kerak. Ya’ni barcha davlatlar o‘z xavfsizligi kafolatiga ega bo‘lishlari kerak, lekin bu boshqa davlatlar xavfsizligi va manfaatlariga tahdid solmasligi kerak.
Yevroosiyo qit’asini tinchlik va barqarorlik makoniga aylantirish kerak. Bu yerni barqaror iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanish namunasiga aylantirish kerak.
Bunday universal xafsizlik asosini yaratishda bugungi kunda o‘z samarasini namoyish qilgan ko‘p tomonlama hamkorlik uyushmalardan foydalanish mumkin. Masalan, ShHT, YeOII, KXShT, ASEAN va boshqalar.
Bugungi uchrashuvda Global Janub va Sharq davlatlari keng taqdim etilgan. Bugun aynan ushbu davlatlar dunyoda ko‘pchillikni tashkil qilmoqda, umumjahon va mahalliy jarayonlarda faol ishtirok etib, o‘z rivojlanish modeli asosida suveren tenghuquqlik uchun kurashmoqda.
Birgalikda, ishlar ekanmiz, albatta ijobiy tarixiy tajriba va o‘tmish dasrlaridan ham namuna olishimiz kerak.
Bu yil Ikkinchi Jahon urushi tugaganiga 80-yil to‘ldi. Uning natijalari xalqaro hamjamiyat rivojini mutlaq o‘zgartirib yubordi. Yovuzlik, natsizm va militarizmga qarshi kurashda insoniyat ulkan qurbonlar keltirdi.
Har bir millat o‘z rivojlanish yo‘lini tanlash huquqiga ega bo‘lish uchun urushdan keyingi dunyo tartibi shakllandi. Universal, va xalqaro huquqqa asoslangan tashkilot – BMT yaratildi va bu ko‘plab geosiyosiq qarama-qarshiliklarni hal qildi. Bugun ushbu haqiqatni saqlab qolish juda muhimdir.