Chashmai Ayub: Buxoro markazidagi muqaddas buloq
© Sputnik / Baxrom XatamovMavzoley Chashma-Ayub v Buxare

© Sputnik / Baxrom Xatamov
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Buxoroning qoq markazida Chashmai Ayub maqbarasi joylashgan - bu yerda payg‘ambar Ayub haqidagi afsona jonlanadi, asrlar qa’ridan shifobaxsh suv oqib turadi.
TOShKENT, 28-may — Sputnik, Bahrom Hatamov. Buxoroning qadimiy ko‘chalari labirintida, eski maqbaralar va shaharning vayronalari orasida vaqt to‘xtagandek tuyuladigan bir makon bor. Bu — Chashmai Ayub maqbarasi bo‘lib, fors tilidan tarjima qilinganda “Ayub buloqchasi” degan ma’noni anglatadi.
Bu yerga faqat me’moriy go‘zallikni tomosha qilish uchun emas, balki qadim zamonlarda ro‘y bergan mo‘’jizani ko‘rish uchun ham kelishadi.
Afsonalarga ko‘ra, qattiq qurg‘oqchilik davrida odamlar oldida Ayub — sabr-toqat va imoni bilan tanilgan payg‘ambar paydo bo‘lgan. U yerga tayoq bilan urgan va u yerdan muzdek, toza suv otilib chiqqan. Bu buloq hanuzgacha mavjud va mahalliy aholi uning shifobaxsh kuchiga ishonadi.
© Sputnik / Baxrom XatamovMavzoley Chashma-Ayub v Buxare

Mavzoley Chashma-Ayub v Buxare
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Mo‘’jizaviy buloq ustiga maqbara qurilgan — prizmatik poydevorga ega, ikki gumbazli nafis bino. Uning shakllari go‘yo ufqda suzib yurgandek ko‘rinadi, Sharq ertaklarini eslatadi.
© Sputnik / Baxrom XatamovMavzoley Chashma-Ayub v Buxare

Mavzoley Chashma-Ayub v Buxare
© Sputnik / Baxrom Xatamov
XII asrda qurilgan bu inshoot Qoraxoniylar davri me’morchiligiga oid belgilarga ega bo‘lib, keyinchalik Amir Temur davrida Xorazm uslubidagi bezaklar bilan boyitilgan. Shuning uchun ham maqbara turli me’moriy an’analar uyg‘unligining noyob namunasi hisoblanadi. Asrlar davomida u bir necha bor qayta tiklangan, ammo muqaddas mohiyatini saqlab qolgan.
© Sputnik / Baxrom XatamovMavzoley Chashma-Ayub v Buxare

Mavzoley Chashma-Ayub v Buxare
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Ichkarida bir necha taniqli shaxslar, jumladan, 1022-yilda dafn etilgan olim va muhaddis Xoja Hofiz Gunjoriy ham qabri ham joylashgan.
© Sputnik / Baxrom XatamovMavzoley Chashma-Ayub v Buxare

Mavzoley Chashma-Ayub v Buxare
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Bugungi kunda Chashmai Ayub — bu nafaqat muqaddas maskan, balki muzey ham. Bu yerda qadimiy keramik quvurlar, idishlar va asbob-uskunalarni ko‘rish mumkin, ular Buxoro vohasida suv ta’minoti tarixidan hikoya qiladi. Yondosh zalda esa nafis gilamlar namoyish etiladi — ular mintaqaning turmush tarzi va san’at an’analarini ochib beradi.
© Sputnik / Baxrom XatamovMavzoley Chashma-Ayub v Buxare

Mavzoley Chashma-Ayub v Buxare
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Sayohatchi uchun bu joy — oddiy suratlar emas, balki abadiyatga teginish ham.
© Sputnik / Baxrom XatamovMavzoley Chashma-Ayub v Buxare

Mavzoley Chashma-Ayub v Buxare
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Tashrif buyuruvchilar uchun faktlar: Chashmai Ayub maqbarasi Buxoroda joylashgan.
Qachon qurilgan: XII asr, XIV asrda kengaytirilgan.
Nimalarni ko‘rish mumkin: maqbara, muqaddas buloq, Suv muzeyi, Gilamlar ko‘rgazmasi.
Eslab qoling: buloq suvini iching va tilak tilang. Chashma Ayub maqbarasi — bu oddiy me’moriy obida emas, bu o‘tmish bilan bugunning, e’tiqod bilan tarixning ko‘prigi. Uni kashf eting — va mo‘’jizalarga ochiq bo‘ling.
© Sputnik / Baxrom XatamovMavzoley Chashma-Ayub v Buxare

Mavzoley Chashma-Ayub v Buxare
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Chashmai Ayub maqbarasiga asosiy kirish joyi.
© Sputnik / Baxrom XatamovMavzoley Chashma-Ayub v Buxare

Mavzoley Chashma-Ayub v Buxare
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Chashmai Ayub avliyolar “iz” qoldirgan ardoqli (“qadamjoy”)lardan biridir
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston hududida Chashmai Ayub nomi bilan ataluvchi uchta maqbara bor:
birinchisi, Buxorodagi "Chashmai Ayub" xazirasi. Maqbara masjid va uning ichidagi quduqdan iborat. Ular XII -XVI asrlarda qurilgan;
ikkinchisi, Qarshi shahridagi "Chashmai Ayub" maqbarasi XII-XV asrlarga mansub;
uchinchisi, Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi Xargush va Xayrobod qishloqlari kesishuvida joylashgan. Obida hijriy 650-yil (1252-1253 yillar)da qurilgan.