https://oz.sputniknews.uz/20250527/rossiya-ukraina-dron-harbiy-obekt-korxonalar-zarba-49561858.html
Rossiya Ukraina dron hujumiga javoban faqat harbiy obyekt va korxonalariga zarba bermoqda
Rossiya Ukraina dron hujumiga javoban faqat harbiy obyekt va korxonalariga zarba bermoqda
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Mudofaa vazirligi: Ukraina dronlarining Rossiya hududlariga hujumlari natijasida tinch aholi, jumladan, ayollar va bolalar jabrlandi. 27.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-27T16:00+0500
2025-05-27T16:00+0500
2025-05-27T16:00+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
ukraina
dron
harbiy
qurol-yarog‘
rossiya mudofaa vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/06/49225377_0:41:3071:1768_1920x0_80_0_0_24e68485c5301537ccdd730bd1c2d229.jpg
TOShKENT, 27-may — Sputnik. Ukrainaning dronlar yordamida Rossiya hududlariga ommaviy hujumlariga javoban Rossiya armiyasi faqat Ukraina harbiy-sanoat kompleksining harbiy obyektlari va korxonalariga zarba bermoqda, deya xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.Rossiya Federatsiyasi tashabbusi bilan Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya-Ukraina muloqoti qayta tiklandi. Shu bilan birga, Kiyev rejimi Yevropaning ayrim davlatlari ko‘magida muzokaralar jarayonini buzishga qaratilgan bir qator provokatsion qadamlarni qo‘ydi. Qayd etilishicha, Ukraina dronlarining Rossiya hududlariga hujumlari natijasida tinch aholi, jumladan, ayollar va bolalar jabrlandi. Shuningdek, 20-may kuni Jitomir viloyatidagi Ozernoe aerodromining infratuzilma obyektlari, Dnepropetrovsk viloyatidagi o‘q-dorilar, harbiy-texnik mulk va yoqilg‘i-moylash materiallari omborlari guruh zarbasi bilan zarar ko‘rdi. 21-may kuni Ukraina Qurolli kuchlari mexanizatsiyalashgan brigadasining Sumi viloyatidagi vaqtinchalik joylashuv punkti va raketa-artilleriya qurollari ombori, shuningdek, DXRning Svatogorsk aholi punkti yaqinidagi xorijiy yollanma askarlarning vaqtinchalik joylashuv punkti va Xarkov viloyatidagi "Xarkov" operativ-taktik guruhining o‘q-dorilar omboriga zarba berildi. 22-may kuni Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Ukrainaning mudofaa sanoati korxonasi (Pavlograd kimyo zavodi, Dnepropetrovsk viloyati), samolyotlarni ta’mirlash sexi, Krivoy Rog va Nikolayev viloyatlaridagi harbiy aerodrom infratuzilmasi obyektlari va havo hujumidan mudofaa radiolokatsion stansiyalari, Xarkov viloyatidagi xorijiy yollanma askarlarni vaqtinchalik joylashtirish punktiga yuqori aniqlikdagi qurollar bilan zarbalar berdi. "Iskander-M" bilan Dnepropetrovsk viloyati Orjonikidze aholi punkti hududida "AN/MPQ -65" ko‘p funksiyali radiolokatsion stansiyasi, "Patriot" zenit raketa majmuasining jangovar boshqaruv mashinasi va ikkita uchirish moslamasi yo‘q qilindi. 23-may kuni Odessa portidagi harbiy mol-mulk va o‘q-dorilar yuk tushirish joyi va konteynerlar omboriga yuqori aniqlikdagi yer usti qurollari bilan guruhli raketa hujumi uyushtirildi. Zaporojye viloyatidagi Kislichevataya aerodromida, shuningdek, Kirovograd viloyatidagi Kanatovo aerodromida infratuzilma obyektlari va zarba beruvchi uchuvchisiz uchish apparatlarini tayyorlash joylari, Xarkov viloyatidagi "Volchansk" taktik guruhining o‘q-dori omborlari yakson qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20250523/havo-hujumidan-mudofaa-kuchlari-ukrainaning-1177-ta-dronini-yoq-qildi-49515086.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/06/49225377_319:0:3048:2047_1920x0_80_0_0_30009cdd344fdfbc39e6065ea9a7665f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya, ukraina, dron, harbiy, qurol-yarog‘, rossiya mudofaa vazirligi
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya, ukraina, dron, harbiy, qurol-yarog‘, rossiya mudofaa vazirligi
Rossiya Ukraina dron hujumiga javoban faqat harbiy obyekt va korxonalariga zarba bermoqda
Rossiya Mudofaa vazirligi: Ukraina dronlarining Rossiya hududlariga hujumlari natijasida tinch aholi, jumladan, ayollar va bolalar jabrlandi.
TOShKENT, 27-may — Sputnik. Ukrainaning dronlar yordamida Rossiya hududlariga ommaviy hujumlariga javoban Rossiya armiyasi faqat Ukraina harbiy-sanoat kompleksining harbiy obyektlari va korxonalariga zarba bermoqda, deya
xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Rossiya Federatsiyasi tashabbusi bilan Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya-Ukraina muloqoti qayta tiklandi. Shu bilan birga, Kiyev rejimi Yevropaning ayrim davlatlari ko‘magida muzokaralar jarayonini buzishga qaratilgan bir qator provokatsion qadamlarni qo‘ydi.
“Joriy yilning 20-mayidan boshlab Kiyev rejimi Rossiya Federatsiyasi hududidagi fuqarolik obyektlariga uchuvchisiz uchish apparatlari va G‘arbda ishlab chiqarilgan reaktiv snaradlardan foydalangan holda hujumlar sonini bir necha barobarga oshirdi. 20-may kuni Moskva vaqti bilan soat 20:00 dan 27-may kuni soat 08:00 gacha havo hujumidan mudofaa navbatchi kuchlari tomonidan 2 331 ta zarba beruvchi uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi va tutib olindi, shu jumladan, maxsus harbiy operatsiya hududidan tashqarida - 1 465 ta”, — deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, Ukraina dronlarining Rossiya hududlariga hujumlari natijasida tinch aholi, jumladan, ayollar va bolalar jabrlandi.
“Kiyev rejimining xatti-harakatlariga javoban Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari havo, dengiz va quruqlikdagi yuqori aniqlikdagi qurollar bilan shuningdek, zarba beruvchi uchuvchisiz uchish apparatlari bilan - faqat Ukraina harbiy-sanoat kompleksi obyektlari va korxonalariga zarbalar berdi”, — deya aniqlik kiritilgan xabarda
Shuningdek, 20-may kuni Jitomir viloyatidagi Ozernoe aerodromining infratuzilma obyektlari, Dnepropetrovsk viloyatidagi o‘q-dorilar, harbiy-texnik mulk va yoqilg‘i-moylash materiallari omborlari guruh zarbasi bilan zarar ko‘rdi.
21 may kuni Ukraina Qurolli kuchlari mexanizatsiyalashgan brigadasining Sumi viloyatidagi vaqtinchalik joylashuv punkti va raketa-artilleriya qurollari ombori, shuningdek, DXRning Svatogorsk aholi punkti yaqinidagi xorijiy yollanma askarlarning vaqtinchalik joylashuv punkti va Xarkov viloyatidagi "Xarkov" operativ-taktik guruhining o‘q-dorilar omboriga zarba berildi.
22 may kuni Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Ukrainaning mudofaa sanoati korxonasi (Pavlograd kimyo zavodi, Dnepropetrovsk viloyati), samolyotlarni ta’mirlash sexi, Krivoy Rog va Nikolayev viloyatlaridagi harbiy aerodrom infratuzilmasi obyektlari va havo hujumidan mudofaa radiolokatsion stansiyalari, Xarkov viloyatidagi xorijiy yollanma askarlarni vaqtinchalik joylashtirish punktiga yuqori aniqlikdagi qurollar bilan zarbalar berdi.
"Iskander-M" bilan Dnepropetrovsk viloyati Orjonikidze aholi punkti hududida "AN/MPQ -65" ko‘p funksiyali radiolokatsion stansiyasi, "Patriot" zenit raketa majmuasining jangovar boshqaruv mashinasi va ikkita uchirish moslamasi yo‘q qilindi.
23 may kuni Odessa portidagi harbiy mol-mulk va o‘q-dorilar yuk tushirish joyi va konteynerlar omboriga yuqori aniqlikdagi yer usti qurollari bilan guruhli raketa hujumi uyushtirildi.
“Zarba natijasida ekipajsiz katerlar, uchuvchisiz uchish apparatlari uchun butlovchi qismlar, shuningdek, o‘q-dorilar bo‘lgan 100 ga yaqin konteyner yo‘q qilingan”, — deyilgan xabarda.
Zaporojye viloyatidagi Kislichevataya aerodromida, shuningdek, Kirovograd viloyatidagi Kanatovo aerodromida infratuzilma obyektlari va zarba beruvchi uchuvchisiz uchish apparatlarini tayyorlash joylari, Xarkov viloyatidagi "Volchansk" taktik guruhining o‘q-dori omborlari yakson qilindi.