Moskvalik mutaxassislar yordamida o‘zbek milliy liboslarining 3D tasviri yaratiladi

© SputnikV Tashkente bili predstavleni unikalnie obrazsi natsionalnoy odejdi
V Tashkente bili predstavleni unikalnie obrazsi natsionalnoy odejdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2025
Obuna bo‘lish
Islom sivilizatsiyasi markazida milliy liboslarni virtual reallik ko‘zoynaklari orqali kiyib ko‘rish imkoniyati yaratiladi.
TOShKENT, 27-may — Sputnik. Moskvalik mutaxassislar yordamida o‘zbek milliy liboslarining 3D tasviri yaratiladi. Bu haqda san’atshunoslik fanlari doktori, professor Xolida Kamilova ma’lum qildi, deya xabar berdi Islom sivilizatsiyasi markazi matbuot xizmati.
Kamilovaning so‘zlariga ko‘ra, virtual loyiha ustida moskvalik olimlar va mutaxassislar bilan ish olib borilmoqda. Ular 3D ga mos tushadigan asosiy tasvirni amalga oshiradi.

“Loyihamiz orqali milliy kiyimlar virtual tarzda taqdim etiladi. Ya’ni markazga tashrif buyurgan mehmon 3D texnologiyalari orqali o‘ziga xos kiyimni tanlab, kiyib ko‘rishi mumkin bo‘ladi. Bu zamonaviy, innovatsion loyiha bo‘lib, eng asosiysi – yoshlarimizda milliy kiyimlarga bo‘lgan mehr va qiziqishni uyg‘otadi. Bu loyiha nafaqat madaniyat va san’at, balki IT texnologiyalari, to‘qimachilik, iqtisodiy ishlab chiqarishlar bilan ham chambarchas bog‘langan", — dedi u.

Tashrif buyuruvchilar Samarqand, Buxoro, Toshkent, Farg‘ona va Qoraqalpog‘istonning milliy liboslarini virtual reallik ko‘zoynaklari orqali kiyib ko‘rishadi. Liboslar to‘liq ko‘rinishda bosh kiyim, chopon va zargarlik buyumlarini ham o‘z ichiga oladi.
TFT Expo: Toshkentda Moda, To‘qimachilik va Biznes ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2024
“Bozorni kengaytirmoqchimiz”: Toshkentda moda va to‘qimachilik ko‘rgazmasi qanday o‘tmoqda?
Yangiliklar lentasi
0