Markaziy Osiyoda ishonch, tenglik va o‘zaro rivojlanish tamoyilini kuchaytirish zarur — Mustafoyev
© Mejdunarodniy diskussionniy klub "Valday"Klub "Valday" v partnyorstve s Institutom strategicheskix i mejregionalnix issledovaniy pri Prezidente Respubliki Uzbekistan provodit rossiysko-uzbekskuyu konferensiyu na temu "Rossiya i Uzbekistan: prioritetnie napravleniya sotrudnichestva".

© Mejdunarodniy diskussionniy klub "Valday"
Obuna bo‘lish
Baxtiyor Mustafoyev: umumiy sa’y-harakatlarni Transport-logistika yo‘laklarini birgalikda rivojlantirishga qaratish muhimdir.
TOShKENT, 27-may — Sputnik. Markaziy Osiyoda o‘zaro ishonch, tenglik, o‘zaro manfaat va rivojlanish tamoyilini yanada kuchaytirish zarur. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti o‘rinbosari Baxtiyor Mustafoyev Moskvada bo‘lib o‘tgan anjumanda ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Moskvada "Valday" xalqaro munozara klubi va O‘zbekiston strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti o‘rtasida "Rossiya va O‘zbekiston: hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari"ga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.
Baxtiyor Mustafoyev Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi konsolidatsiyani kuchaytirish zarur bo‘lgan tahdidlar haqida gapirdi.
“Jahon tartibining parchalanishi va bloklar qarama-qarshiligining kuchayishi, xalqaro huquqning asosiy tamoyillarining ko‘plab buzilishi, konstruktiv muloqotning cheklanishi, misli ko‘rilmagan ishonch tanqisligi kuzatilmoqda. Global boshqaruv disfunksiyasi sharoitidagi ushbu salbiy tendensiya dunyoning turli nuqtalarida nizolar salohiyatining o‘sish usuli hisoblanadi. O‘zining geostrategik joylashuvi tufayli keskin raqobat obyektiga aylanish xavfi ostida bo‘lgan Markaziy Osiyo ham bundan mustasno emas. Bunday sharoitda biz Markaziy Osiyoda o‘zaro ishonch, tenglik, o‘zaro manfaatlarni hisobga olish va eng muhimi, o‘zaro rivojlanish tamoyilini yanada kuchaytirishimiz zarur. Bu borada MDH, ShHT va "Markaziy Osiyo + Rossiya" formati muhim platforma vazifasini o‘tamoqda”, — dedi Baxtiyor Mustafoyev.
U, shuningdek, iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha yangi yig‘ma chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi kerakligini aytib o‘tdi.
“Umumiy sa’y-harakatlarni Transport-logistika yo‘laklarini birgalikda rivojlantirishga qaratish muhimdir. Shu ma’noda, Transafg‘on yo‘lagini tez fursatda ishga tushirish strategik ahamiyat kasb etadi. Bu loyiha MDH davlatlari uchun Janubiy Osiyo bozorlariga chiqishning eng qisqa yo‘li bo‘ladi. Bugungi kunda Rossiya va O‘zbekiston mutaxassislari birgalikda Shimol-Janub yo‘nalishining bir qismiga aylanadigan temir yo‘lni loyihalashtirish ustida ishlamoqda. Ushbu loyihaning amalga oshirilishi nafaqat muddatlarni, balki tovarlarni tashish xarajatlarini ham Suvaysh kanaliga nisbatan 30-40 foizga qisqartirish imkonini beradi”, — deya aniqlik kiritdi Mustafoyev.