Buratiya O‘zbekistonga ot yetkazib berishni boshlashi mumkin

© RIA Novosti Krim Loshadi na ferme
Loshadi na ferme - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Buratiyada Ulgurji tarqatish markazini ochmoqchi.
TOShKENT, 27-may — Sputnik. O‘zbekistondan Buratiyaga mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha ulgurji tarqatish markazi tashkil etiladi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsuli Aslam Akbarov Buratiya Respublikasi hukumati raisi o‘rinbosari – qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri Amgalan Darmayev raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ishtirok etdi.
Amgalan Darmayev o‘z so‘zida O‘zbekiston buratiyalik fermerlar uchun istiqbolli bozor ekanini, chorvachilik, shuningdek, go‘sht mahsulotlari eksportini ko‘paytirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi. Bu Buratiya fermerlari uchun yangi imkoniyatlar ochadi va ikki mamlakat hududlari, xususan, Qoraqalpog‘iston bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Aslam Akbarov O‘zbekistondan Buratiyaga va undan keyin Uzoq Sharq mintaqalariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, shuningdek, Buratiyadan O‘zbekistonga yirik va mayda shoxli mollar hamda ot yetkazib berishni ko‘paytirish masalasiga to‘xtalib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida Buratiyaga O‘zbekiston sabzavot va mevalarini yetkazib berishni tashkil etish masalasi ham muhokama qilindi.
“O‘zbekiston tomoni yurtimizdan meva-sabzavot mahsulotlarini import qilish uchun Buratiyada Ulgurji tarqatish markazini tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi”, — deyiladi xabarda.
Yig‘ilishda Toshkent va Ulan-Ude shaharlaridagi ta’lim muassasalarida, jumladan, musiqa maktablarida tahsil olayotgan maktab o‘quvchilarining ta’lim almashinuvini kengaytirish bo‘yicha tashabbus haqida ham so‘z bordi.
Tomonlar Buratiya Rosselxoznadzori vakillari ishtirokida quyidagilarni kelishib olishdi: O‘zbekistonga yirik va mayda shoxli mollarni yetkazib berish, O‘zbekistondan Buratiyaga mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha ulgurji tarqatish markazini tashkil etish masalalari bilan shug‘ullanuvchi qo‘shma ishchi guruh tuzish.
Yangiliklar lentasi
0