Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

“Agar imkoniyat bo‘lsa, taslim bo‘lishga harakat qiling” — ukrainlik asir

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashie voorujennix sil Ukraini, arxivnoe foto
Voyennoslujashie voorujennix sil Ukraini, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2025
Obuna bo‘lish
Asirga olingan askar Ukrainada safarbarlik qanday o‘tayotganini aytib berdi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Ukraina harbiy boshqaruv organlari xodimlari safarbarlik uchun gepatit bilan kasallanganlarni ham "tutib olishmoqda". Bu haqda asirga olingan Ukraina Qurolli kuchlari askari Vitaliy Subbota ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Asirning so‘zlariga ko‘ra, ular hammani ketma-ket ushlamoqda. Ular orasida gepatit bilan kasallanganlar ham bor.

“Ular qo‘lga olishlari, kunlik reja qilishlari kerak. Agar reja bajarilmasa, o‘zi ham ketadi. Xullas, ular oxirgi paytlarda hammani olib ketishmoqda. Qirishmoqda, tamom”, — dedi Subbota Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan e’lon qilingan videoda.

Vitaliy Subbotani u do‘konga ketayotganida ushlab olishgan. Avtobusda yetib kelgan ikki nafar harbiy xizmatchi va militsiya xodimi uni yarim soat davom etgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, so‘ng harbiy xizmat bo‘limiga olib borishgan.
"O‘sha kuni kechqurun ular meni mashg‘ulotlarga yuborishdi... Hurmatli safdoshlar, agar imkoniyat bo‘lsa, taslim bo‘lishga harakat qiling. Hech kim menga hech narsa qilmadi", — deya qo‘shimcha qildi Subbota.
Ukrainskie voyennoslujashie nedaleko ot Baxmuta, Doneskaya oblast, 23-noyabrya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2024
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukrainalik asir: hech kim askarning hayoti haqida qayg‘urmaydi, hech kimga kerak emasmiz
Yangiliklar lentasi
0