https://oz.sputniknews.uz/20250526/rossiya-neft-gaz-hudud-ozbekiston-ish-49541110.html
Rossiyaning eng yirik neft va gaz hududlaridan biri o‘zbekistonliklarni ishga jalb qilmoqchi
Rossiyaning eng yirik neft va gaz hududlaridan biri o‘zbekistonliklarni ishga jalb qilmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bosh konsulxonasi xodimlari Rossiyaning Xanti-Mansiysk avtonom okrugi mehnat va bandlik departamenti direktori o‘rinbosari va ushbu hududdagi yirik kompaniyalar rahbarlari bilan onlayn muzokaralar o‘tkazdi.
2025-05-26T10:14+0500
2025-05-26T10:14+0500
2025-05-26T12:01+0500
o‘zbekiston
rossiya
migratsiya
neft
gaz
yangi ish o‘rinlari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1d/30343616_0:160:3077:1890_1920x0_80_0_0_224474a8549ff2c6f1a098781b9e0aa3.jpg
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Rossiya Federatsiyasining eng yirik neft va gaz hududlaridan biri O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilmoqchi, deya xabar berdi “Dunyo” AA. O‘zbekiston bosh konsulxonasi xodimlari Rossiyaning Xanti-Mansiysk avtonom okrugi mehnat va bandlik departamenti direktori o‘rinbosari Aleksey Mokrinskiy va ushbu hududdagi yirik kompaniyalar rahbarlari bilan onlayn muzokaralar o‘tkazdi. Aleksey Mokrinskiyning aytishicha, okrugdagi neft va gaz sohasi hamda boshqa yo‘nalishlarda jami 20 mingdan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari mavjud. Bosh konsulxona vakillari uchrashuv ishtirokchilariga respublika fuqarolarini ishga jalb qilishni tartibga soluvchi Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hukumatlararo bitim qoidalarini batafsil tushuntirdi. Ish beruvchilarga hamkorlik shartnomalari loyihalari va ariza shakllari ko‘rib chiqish uchun taqdim etildi. Uchrashuv so‘ngida Xanti-Mansiysk avtonom okrugida yirik ish beruvchi tashkilotlar rahbari bilan O‘zbekiston fuqarolarini uyushgan holda ishga joylashtirish sohasida kelgusidagi hamkorlik to‘g‘risida dastlabki kelishuvlarga erishildi. Ma’lumot uchun, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi Rossiya Federatsiyasining subyekti bo‘lib, Tumen viloyati tarkibiga kiradi. U mamlakatning eng yirik neft va gaz hududlaridan biri hisoblanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250430/rostov-ozbekiston-hamshira-ish-49114963.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1d/30343616_172:0:2903:2048_1920x0_80_0_0_7d6db6bb6ec72bc34c6de275c8fe036e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston bosh konsulxonasi rossiyaning xanti-mansiysk avtonom okrugi aleksey mokrinskiy
o‘zbekiston bosh konsulxonasi rossiyaning xanti-mansiysk avtonom okrugi aleksey mokrinskiy
Rossiyaning eng yirik neft va gaz hududlaridan biri o‘zbekistonliklarni ishga jalb qilmoqchi
10:14 26.05.2025 (yangilandi: 12:01 26.05.2025) Ish beruvchilarda O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish bo‘yicha talab ortib borayotgani aytildi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Rossiya Federatsiyasining eng yirik neft va gaz hududlaridan biri O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilmoqchi, deya xabar berdi
“Dunyo” AA. O‘zbekiston bosh konsulxonasi xodimlari Rossiyaning Xanti-Mansiysk avtonom okrugi mehnat va bandlik departamenti direktori o‘rinbosari Aleksey Mokrinskiy va ushbu hududdagi yirik kompaniyalar rahbarlari bilan onlayn muzokaralar o‘tkazdi.
Aleksey Mokrinskiyning aytishicha, okrugdagi neft va gaz sohasi hamda boshqa yo‘nalishlarda jami 20 mingdan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari mavjud.
"2024 yilda okrugda mehnat faoliyati patentlarini rasmiylashtirgan chet el fuqarolari umumiy sonining katta qismini (60%) O‘zbekiston fuqarolari tashkil etgan. Ish beruvchilarda esa o‘zbekistonliklarni ishga jalb qilish bo‘yicha talab tobora ortib bormoqda", — dedi Mokrinskiy.
Bosh konsulxona vakillari uchrashuv ishtirokchilariga respublika fuqarolarini ishga jalb qilishni tartibga soluvchi Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hukumatlararo bitim qoidalarini batafsil tushuntirdi. Ish beruvchilarga hamkorlik shartnomalari loyihalari va ariza shakllari ko‘rib chiqish uchun taqdim etildi.
Uchrashuv so‘ngida Xanti-Mansiysk avtonom okrugida yirik ish beruvchi tashkilotlar rahbari bilan O‘zbekiston fuqarolarini uyushgan holda ishga joylashtirish sohasida kelgusidagi hamkorlik to‘g‘risida dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Ma’lumot uchun, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi Rossiya Federatsiyasining subyekti bo‘lib, Tumen viloyati tarkibiga kiradi. U mamlakatning eng yirik neft va gaz hududlaridan biri hisoblanadi.